So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Aleksandr Xomyakov: "Qo'lga kiritilgan har bir ochko qadrli, natijadan qoniqdim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Qo'lga kiritilgan har bir ochko qadrli, natijadan qoniqdim"

Coca-Cola Superligasining 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Birinchi navbatda Andijonga katta futbol qaytgani bilan barchani tabriklayman. Bugun muxlislar bayramona muhit tashkil etib berishdi. Stadiondagi atmosfera ham ajoyib tarzda edi. 

O'yinga kelsak, biz mana shunaqa bayramona oqshomda muxlislarga g'alaba tortiq etish uchun astoydil intildik. O'zingiz ko'rdingiz, yigitlar maydonning har bir qismida jiddiy kurash olib borishdi. Intriga o'yinning so'ngi soniyalarigacha saqlanib turdi. Bugun chiroyli futbol ko'rmadik, kurashlarga boy va asabiy ruhda o'tgan uchrashuv bo'ldi.

Natijadan albatta qoniqdim. Durang adolatli bo'ldi. Qo'lga kiritilgan har bir ochko alohida qadrli. Biz bugun CHempionlar ligasida o'ynaydigan kuchli jamoaga qarshi maydonga chiqqandik, durang natija yomon emas, murabbiy sifatida qoniqish hosil qildim. Boisi, biz ancha vaqt davomida bir kishi kam bo'lib o'ynadik.

- Stadion bugungi o'yinga tayyor ekani haqida malumot berilgandi. "Nasaf" bosh murabbiyi maydon xolati bo'yicha etiroz bildirdi. Bu xolatga sizning munosabatingiz qanday?

- "Andijon"ning juda ko'plab muxlislari bor, ularga katta futbol kerak. Klub rahbariyati buni tushungan xolda harakat qildi. Maydon maysalari bo'yicha mutaxassislar bor, ular qachon futbol o'ynash mumkinligi yoki mumkin emasligini yaxshi bilishadi.

Qaytaraman, bugungi o'yin biroz asabiy kayfiyatda o'tdi. Bir uchrashuvda 2 ta qizil kartochka ko'rsatilgani ham yuqoridagi fikrimni tasdiqlab turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика