So’nggi yangiliklar

10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  3 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  33 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0

Aleksandr Xomyakov: "Kim ko'proq hujum qilsa o'sha ko'p g'alaba qozonadimi? "Lester"ga qarang!" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Kim ko'proq hujum qilsa o'sha ko'p g'alaba qozonadimi? "Lester"ga qarang!"

"Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alaba qozonganimizdan xursandman. Deyarli ikki oydan beri g'alaba qozona olmayotgandik. Xattoki mavsumoldi yig'inlar paytida ham. Yigitlarga buning uchun rahmat aytmoqchiman. Umid qilamanki, bu davomli bo'ladi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshganidan xursandman.

O'yinni tashkil qilishda muammolarimiz bor. Xarakter ko'rsatgan yigitlarga rahmat. Futbolchilarimizni, muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman.

O'z maydonimizda o'ynaganimiz uchun ham ko'proq hujum qilishimiz lozim edi. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda esa himoyaviy o'yin ko'rsatgandik. O'sha o'yinda asosiy maqsadimiz - mag'lubiyatga uchramaslik edi.

Kim ko'proq hujum qilsa o'sha ko'p g'alaba qozonadimi? Angliyada "Lester" ko'p hujum qilmoqda deb o'ylaysizmi? Lekin, jamoa turnir peshqadami bo'lib turibdi. SHuning uchun, to'p bilan muomala qilishda ustunlik qilish g'alabani kafolatlaydi demagan bo'lardim.

Kelajakda yana hujumkor futbol ko'rsatamiz", - deya o'z fikrlarini yakunladi Xomyakov.

"Mashal" matbuot hizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика