So’nggi yangiliklar

14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  3 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  1 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  9 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  4 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  6 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  6 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  26 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  12

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizga kelgan legionerlar saviyali. Faqat..." Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizga kelgan legionerlar saviyali. Faqat..."

"Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "CHiksereda"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Turkiya yig'inidagi dastlabki uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, bu bizning ushbu yig'inimizdagi dastlabki o'yinimiz. Birinchi uchrashuv uchun normal holat. Birinchi bo'limda yangi kelgan yigitlarni ko'rib oldik. Jamoamiz azolarining bir-birlarini to'liq tushunib, jamoaviy o'ynashlari uchun hali biroz vaqt bor. Umuman olganda, qoniqish hosil qildim. Qaerdadir tashabbusni berib qo'ydik, ammo ko'proq to'pga ega chiqdik. Hali ishlashimiz kerak, asosiysi, jamoamizda potencial bor.

- Birinchi bo'limda "Andijon" tarkibida maydonga tushgan 3 nafar legioner haqida...

- Hozircha legionerlar jamoaga to'liq kirishib ketishgani yo'q. Umid qilamanki, keyingi o'yinga yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishlari kerak. Ular saviyali o'yinchilar. Faqat funkcional holatini yaxshilash kerak, umuman olib qaraganda yomon emas.
Ruminiya jamoasini tajovuzkorligi va chidamliligi ko'rindi. Ular ham yomon emas. Futbolchilari o'z joylarini almashib harakatlanishdi. Menimcha, ikkinchi bo'limda qiziqarli o'yin bo'ldi. Asosiysi, jamoamizning holatini va xatolarimizni ko'rib olib, ular ustida ishlash edi. Bu tomondan yaxshi o'yin bo'ldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика