So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

Aleksandr Xomyakov: "Hujumda muammolarga duch kelyapmiz. Xavfli vaziyatlar deyarli yaratmadik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hujumda muammolarga duch kelyapmiz. Xavfli vaziyatlar deyarli yaratmadik"

Coca Cola Superligasi 15-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Barchasini o'zingiz ko'rdingiz. Mavsum avvalida jadvalning yuqori qismida bo'lishi taxmin qilinmagan jamoalar ishtirokidagi bahs bo'ldi. Yakunda ular bizdan kuchliroq bo'lib chiqishdi. Birinchi davrada ular g'alabaga erishishdi, bugun esa ochko ishlab ketishdi. Ular yaxshi o'yin ko'rsatib, bunga erishishdi. Garchi jamoasi yosh bo'lishiga qaramasdan, ularda sezilarli o'sish bor. SHu sababli "Surxon" bekorga 6-o'rinni egallab turgani yo'q.

O'yin bobida nima deyishim mumkin... G'alabadan umid qilgandik, ammo hujumda muammolarimiz borligini ko'rdik. Xavfli vaziyatlar deyarli yaratmadik, boshni changallaydigan vaziyatimiz bo'lmadi. Keyin bor umidimiz standartlarga qaratgandik, ammo bundan ham samara chiqmadi. Raqiblar yaxshi himoyalandi. Raqiblarning asosiy yutug'i - juda tezlik bilan qarshi hujumga o'tishi. Bir vaziyatda gol bo'lmadi, darvozabonimiz seyv namoyish qildi. Umuman olganda, raqiblarning tezkor yurishlarini to'xtata oldik. Ular o'yinning katta qismini himoyada o'tkazishdi. O'zi o'yinda vaziyatlar ko'p ham bo'lmadi. Bahsda kurashlar, yakkakurashlar ko'proq bo'ldi. 

- Bubanya nega o'ynamadi?

- U juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi. Uning jarohati bor edi. Hozir tiklanish jarayonida. Hozircha uning holati shunday. Yaqin vaqtlarda u mashg'ulotlarga kirishadi va barchamiz uni ko'ramiz.

- Armin Boshnyakni qachon maydonga tushirasiz?

- U kechagina keldi. Uni faqatgina kecha ko'rdik. Menga ko'proq hujumda o'ynaydigan futbolchilar kerak. Bizda qanotda kreativ o'ynaydigan vingerlar juda ham etishmayapti. Umid qilamanki, u ham Xebayga o'xshab, tezda jamoaga moslashib ketadi va jamoaga yordam beradi. Garchi qattiq istab, harakat qilgan bo'lsak-da, muxlislarimizni xursand eta olmadik. Xatolarni ko'rib chiqib, ular ustida hulosa chiqarib, navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Jamoa ketma-ket ikkinchi o'yin 0:0 hisobini qayd etdi.

- Bilasizmi, "Surxon" juda yaxshi jamoa va ularni yutishni qattiq istagandik. Yosh jamoa, yosh tarkib. Ular har tomonlama o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishmoqda. SHu sababli bugun raqibdan kuchliroq bo'lishni istagandik. "Nasaf" bilan o'ynash biroz oddiyroq. Nima sababdan, "Nasaf"ning bosimini barcha yaxshi biladi. Muxlislarimiz bizdan g'alaba kutishini bilgandik. Bu o'yindan ko'prog'ini kutgandik. Hozir aytganimdek, ular bekorga jadvalning yuqori qismida emas. Ular mavsumda 4 marta mag'lub bo'lishdi, bu ham nimanidir isbotlaydi. Yani, ular qanday futbol o'ynalishi kerakligini bilishadi. O'tgan turda raqiblari ularga yo'l ochib berishsa, qanday muammolar keltirib chiqarishini ko'rsatishdi.

- Zaxiradan maydonga tushgan Saidumar Sodiqov o'yinga unchalik kirishib keta olmadi.

- Yana bir marta takrorlayman. Biz hujumkor futbolchilarning o'yinida muammolar his qilyapmiz. Bizga biroz boshqacharoq turdagi yarim himoyachilar kerak. SHu sababli yoshlar jamoasidagi futbolchilarni asosiyga jalb qilyapmiz. Endi hech nimani bahona qilmaymiz. Ishlashda davom etamiz. Qaranglar, bugun tarkibda necha nafar mahalliy futbolchilar o'ynadi? Bu ham o'yindagi ijobiy holatlardan biri. 8-9 nafar mahalliy futbolchi maydonga tushdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика