Aleksandr Xomyakov: "Hafsalam pir bo'ldi"
03 may 22:41
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Hafsalam pir bo'ldi"
"Hafsalam pir bo'ldi. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik, ammo tanaffusdan so'ng hisobni ushlab qola olmadik. Raqib so'nggi daqiqalarda ko'p gollar urishidan xabardor edik. O'z hujumlarimizni ham rivojlantira olmadik. Faqatgina umidsizlik hissi bor", - dedi Aleksandr Xomyakov bugungi bahs haqida.
- Raqib o'yiniga qanday baho berasiz?
- Biz raqib jamoa so'nggi daqiqalarda ko'plab gollar urishini bilar edik. OKMK har doim hujum qilishga intiladigan jamoa. Bir kishi ko'p bo'la turib, raqibga hech qanday noqulaylik yarata olmadik. Vaholanki, biz o'yinni nazorat qilishimiz kerak edi. Biz qanotlarni boy berib qo'ydik va kurashlarda mag'lub bo'la boshladik. Raqib o'z o'yinini o'tkaza oldi va g'alaba qozondi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar