So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  40 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Aleksandr Xomyakov: "Dzyuba? Uning Rossiyadagi reytingi juda yuqori. Biroq..." Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Dzyuba? Uning Rossiyadagi reytingi juda yuqori. Biroq..."

O'zbekiston Kubogi 1-turi doirasida "Olimpik" bilan o'ynalgan durangdan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.


O'yin haqida

- Ilk navbatda muxlislarni ertangi Hayit bayrami bilan tabriklayman va eng yaxshi tilaklarni tilayman. Bugungi o'yinda esa ularni g'alaba bilan xursand qila olmadik. Yana bir bor darvozani ishg'ol qila bilmadik va muvaffaqiyatga erishmadik. Bahsda raqib bizdan yaqqol ustunlik qildi. CHempionatdagi o'yin bilan solishtirsak, o'shanda raqiblar darvozamiz yonida ko'p ham vaziyat yaratmagan bo'lsa, bu safar golga tortadigan anchagina vaziyatga ega bo'lishdi. Biroz xavf ostida o'ynashni istadik, raqibni oldinroqda kutib oldik. Rejalarimiz birinchi bo'limda o'xshagan bo'lsa, ikkinchi taymda raqib o'zining faolligi, faol harakatlari evaziga ustunlik qildi va ko'proq himoyada o'ynashga majburladi. Takrorlayman, raqiblar bugun chiroyli, jamoaviy o'ynadi va gol urish uchun etarlicha vaziyat yaratdi. Biz esa hujumda muammolarimiz borligini ko'rib turibmiz. Vaziyatlarsiz o'ynayapmiz. O'yinning borishi shunday bo'ldi. Durang esa biz uchun yaxshi natija bo'ldi.

- Bugun zaxirada o'tirib qolgan bir qancha futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ular jamoaga qanchalik yordam bera olishdi?

- 4 kundan keyin chempionat o'yini bizni kutib turibdi. SHu sababli futbolchilarning kuchini saqlab qolishga harakat qildik. Oldindagi "Metallurg"ga qarshi uchrashuv biz uchun juda muhim. Zaxirada o'tirganlarga imkon berildi, ular o'zlarini qanchalik nazorat qila olishini ko'rsatishdi. Umuman olganda tarkibdagi barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor holatda, doimo futbol o'ynashni istashadi, bunga chanqoq. Muammolarimiz bor, ularni tuzatishga harakat qilyapmiz, biroq buni hozircha uddalaganimiz yo'q.

- Natijadan qanchalik mamnunsiz?

- Aytganimdek, durang biz uchun yaxshi natija. CHunki biz markazdagi kurashlarda to'liqligicha yutqazdik. Raqib o'yinni nazorat qildi va ko'plab vaziyatlar yaratdi. 

- Artyom Dzyuba bilan muzokaralar olib borilayotgani borasidagi malumotlar qanchalik to'g'ri?

- Matbuotni o'qimayman, bu yangilikni eshitmadim. Bilishimcha, Turkiyadan Rossiya chempionatiga qaytgan Dzyuba unchalik yomon o'yin ko'rsatayotgani yo'q. Uning reytingi juda yuqori. Hozir uning kelishi borasidagi gaplarni gapirish noo'rin bo'lsa kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика