So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Aleksandr Xomyakov: "Besh himoyachi bilan o'ynash? Xohlasam, olti yoki etti himoyachini maydonga tushirishim mumkin" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Besh himoyachi bilan o'ynash? Xohlasam, olti yoki etti himoyachini maydonga tushirishim mumkin"

O'zbekiston Kubogining 2-turi doirasida "Navbahor" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.


- Ushbu mag'lubiyat uchun revansh olgan bo'lardim. Ammo "Navbahor" o'z kuchi, darajasida o'ynadi va tashabbusga ega bo'ldi, yaxshi vaziyatlar yaratdi. Biz esa jiddiy imkoniyatlarga ega bo'lmadik. SHu sababli "Navbahor" adolatli g'alaba qozondi, deb hisoblayman va ularni tabriklayman.

- Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon" klubining moliyaviy holati tang ekanligi borasida malumotlar berilmoqda. Bu haqida nima deya olasiz?

- Bu borada gapira olmayman. Keling, bu savolni ochiq qoldiramiz. Jamoa belgilangan reja asosida o'yinlarga tayyorlanmoqda. Yashayapmiz, hayot davom etadi. Barchaning o'z muammosi bor. Keling, o'yin bobida gaplashaylik. 

- Superliganing so'nggi ikki uchrashuvida "Andijon" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubormoqda. SHu pallada 5 himoyachi bilan o'ynab, natijani ushlab qolish mumkinmidi?

- Olti yoki etti himoyachi bilan o'ynasa ham bo'lardi. Bunday o'ynashdan mano nima? Masalan, bir o'yinda 10 himoyachi bilan o'ynasak ham bo'lardi. Gap bunda emas. Savol biroz noto'g'ri. Bunday pallada Siz o'yinning borishini, gollar qanday urilganini hisobga olishingiz kerak. Masalan, bugun besh himoyachi bilan o'ynashdan mano bo'lmasdi. Bazida holat yarim himoyachilarning himoyaga yordam berishini taqozo qiladi. O'tgan o'yinda biz so'nggi burchak zarbasida havodagi kurashda mag'lub bo'lmaganimizda edi. SHu sababli savolni noto'g'ri deb hisoblayman. Kerak bo'lsa olti himoyachi bilan ham o'ynataman. SHunchaki bu erdagi nyuanslar boshqacharoq. 

Jismoniy holat bo'yicha yutqazmadik, himoyaga yotib olmadik. SHunchaki qaerdadir etiborni yo'qotyapmiz. Qaerdadir mahorat etishmayapti. To'g'ri, chempionatning so'nggi ikki o'yinida 80-daqiqadan keyin gol o'tkazib yuboryapmiz. Ammo bunga hali o'zim ham javob topganim yo'q.

- CHempionatdagi "Navbahor"ning Kubokdagi "Navbahor" bilan farqi nimada?

- Farq doimo bor. Umuman olganda, "Navbahor" bilan o'ynash doim qiyin bo'lgan. Biz ham harakat qilyapmiz, o'sish jarayonidamiz. Agarda o'tgan o'yinda "Navbahor" total ustunlikka ega bo'lgan bo'lsa, biz asosiy vaqtimizni himoyada o'tkazgan bo'lsak, bugun esa biz o'yinni nazorat qilishni istadik, to'p bilan xotirjamroq bo'ldik. Bugungi o'yin holati menga ko'proq yoqdi. SHunda ham hujumda muammolarimiz ko'pligini bilib turibmiz. Vaziyatlarimiz ko'p emas, asosan standartlardan keyin imkoniyatlarga ega bo'lyapmiz. O'tgan o'yindan ham, bugungi o'yindan ham mamnunman. Harakat qilyapmiz, biroq tajriba etishmayapti. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика