So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Aleksandr Volkov: "CHarchoq alomatlari sezildi" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "CHarchoq alomatlari sezildi"

Qarshidagi shiddatli o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Volkov ishtirok etdi.
"O'yinni qayta ko'rishimiz kerak. Bugun charchoq alomatlari o'z so'zini aytdi. Tezkor gol ham rejamizga o'zgartirish kiritib yubordi. To'g'ri imkoniyatlar bo'ldi, ayniqsa standart vaziyatlardan. Koto jarohatidan endi tuzalgan va tiklanish jarayonida", - deydi Aleksandr Volkov.

- So'nggi o'yinlarda Simonenko va Karimov ko'plab xatolarga yo'l qo'yishyapti?
- Bugun ularda charchoq bor edi. Umumiy himoyachilarga baho beradigan bo'lsam, bizda ular sekin fikrlaydilar.

- "Bunyodkor" futbolchilari tomonidan hakam tomon ko'plab etirozlar bo'ldi...
- Futbolda kishi qizishib ketadi va xissiyotga beriladi. Uch sutkadan beri deyarli yo'lda bo'lganligimiz ham bunga sabab bo'ldi. Bunday pallada futbolchilarimizni to'g'ri tushunishimiz kerak.

- Bugun ham jamoangiz "Al Hilol" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdagi kabi yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bunga sabab nima?

- Asabni joyiga qo'ya olish kerak. Futbolchilar o'z tanlagan poziciyalarida to'g'ri zarba bera olishlari lozim. "Al Jaish" bilan o'yinda Simonenko shunday harakat qilgan edi. Bugun esa "Nasaf" futbolchilari.

- Yaponni asosiy tarkibda ko'rmayapmiz?
- Legioner bu pul degani (zalda kulgu).

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика