So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  10 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Aleksandr Stoymirovich: "Bugungi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolarimizni mantiqan tushuntirib bera olmayman" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Bugungi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolarimizni mantiqan tushuntirib bera olmayman"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Lokomotiv" (3:2) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Muxlislarga yoqadigan futbol guvohi bo'ldik. Qiziqarli kechgan uchrashuvda 5 ta gol urildi. Afsuski, ketma-ket to'rtinchi uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Yigitlarda biroz ruhiy bosim bor va ushbu muammoni hal eta olmayapmiz. Birinchi bo'limda yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Tanaffusdan avval hisobni kamida 2:0 ko'rinishga keltirsak bo'lar edi. Birinchi taymda yaqqol ustun edik. Ikkinchi bo'limda esa umuman boshqa jamoa maydonga chiqdi. O'yindan avval tayyorlagan rejalarimizni bir zumda unutib yubordik. Darvozabonimiz uzun paslar bera boshladi. Bu rejamizda umuman yo'q edi. Juda ko'p individual xatolarga yo'l qo'ydik. Futbolchilarning shaxsiy muammolari bordek tuyulmoqda va bu muammolarni hal etishga mening kuchim etmayapti. "Lokomotiv" jamoasida 16 ta yangi futbolchi bor va jamoaning o'zagi yangi. Bizga vaqt kerak.

- Birinchi bo'limda "Lokomotiv" dahshatli o'yin namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda esa tanaffusdan oldingi jamoaning yarmini ham ko'rmadik. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Biz uzun paslar orqali o'ynashimiz kerak emasdi. Biz bunday reja qilmagan edik. Sabablarni aytib o'tdim.

- Demak futbolchilar maydonda tayyorgarlik ko'rilgan rejani buzib, yangilik o'ylab topishni boshlashdimi?

- Yigitlar nega bunday o'ynashni boshlashganini tushunmadim. Yigitlar hisobni ushlab qolamiz deb o'ylagandir. Bu miyadagi muammo. Uzun paslar orqali hujumga o'tish umuman rejamizda yo'q edi. Aytishga boshqa so'zim yo'q. Futbolchilarning xatosini qanday tushunishni bilmayman. Ularni tariflab berishga tilim ojiz. Biz nafaqat himoyada, balki hujumda ham qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. 10 metrlik o'yindan tashqari holatda turgan futbolchi o'zi gol urish uchun ataylab to'pni o'tkazib yubormayotganini mantiqan tushuntirib berishning iloji yo'q. Bizning imkoniyatlarimiz va qurbimiz etgan futbolchilar avvalgi klublarida zaxirada o'tiradigan o'yinchilar edi. Ular hali hamon asosiy tarkib futbolchisi ekanligiga ko'nikib keta olishmayapti. Asosiy maqsadimiz — ligada jon saqlab qolish. Dastlabki yilda jamoaga stabillik kerak.

- Bunday muammolarni qanday hal etmoqchisiz?

- Yo'l qilayotgan xatolarimizni tushunishga aqlim etmayapti. Men bosh murabbiyman va barcha javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Xatolarni tushuntirib bera olmayman va buning sabablarini bilmayman. Futbolchilar ilk navbatda o'z ichidagi muammolarini hal etishlari kerak. Futbolchi butun faoliyati davomida o'zi bilan o'zi kurashishi kerak. Ichki muammolarni ruhshunos yoki bosh murabbiy hal etib bera olmaydi. Futbol — erkaklar o'yini.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика