So’nggi yangiliklar

10:20Неймар яна жароҳат олди  0 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  6 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9

Aleksandr Mochinov: "Buxoro" futbolini yuqori darajaga chiqarishni rejalashtirganmiz" Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: "Buxoro" futbolini yuqori darajaga chiqarishni rejalashtirganmiz"

Oliy liga 1-tur o'yini "Bunyodkor" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov ishtirok etdi.
"Avvalo "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli kechdi. Lekin keraksiz vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik. Himoyadagi bazi xatolarimiz tufayli gollar yuzaga keldi. "Bunyodkor"dek jamoa bilan bo'ladigan o'yinda bunaqangi xatolar kechirilmaydi", - deya o'z so'zini boshladi Aleksandr Mochinov.

- Jamoa to'p bilan juda sekin harakatlandi. Bu nima bilan bog'liq?
- Buni ko'rib chiqamiz va muammo qaerda ekanligiga oydinlik kiritib olamiz. CHempionat endi boshlandi, xato va kamchiliklar ustida ish olib borishda davom etamiz.

- "Buxoro" oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Avvalo yaxshi raqobatdosh jamoani tashkil etish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Buxoroda futbolni ko'tarib, yuqori darajadaga chiqishni maqsad qilganmiz. Kelajakda Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida vatanimiz sharafini himoya qilishni istaymiz.

- Siz boshchiligizda "Buxoro"dan boshqacharoq, yani yorqinroq o'yin kutgandik, ammo...?
- Hayajon biroz bo'lsada o'z so'zini aytdi. Hali oldinda ko'plab o'yinlar va butun boshli chempionat turibdi. O'ylaymanki, jamoamiz o'yindan-o'yinga shakllanib boradi va o'zimiz istagandek futbol ko'rsatamiz.

- Matbuotda "Buxoro"ga yana bir legioner kelishi haqida yozilgandi. Biroq bugun u qaydnomada ko'rinmadi?
- Ruminiyalik futbolchi kelishi kutilmoqda va yana bir futbolchining avvalgi klubi bilan muammolari bor ekan. SHu sababli ularning kelishi biroz kechikdi. Ruminiyalik legioner ertaga kelishi ko'zda tutilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика