Aleksandr Krestinin: "O'yinga kim yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, o'sha o'yinchi maydonga tushadi"
24 sen 2023 21:59
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin: "O'yinga kim yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, o'sha o'yinchi maydonga tushadi"
- O'yin haqida
- Hamma muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. SHu jumladan, o'yinchilarni ham. G'alaba qozonish oson bo'lmadi. Yigitlar esa borlarini berishdi. Omad ham keldi. Biz uchun bu juda muhim g'alaba edi. "Nasaf" juda kuchli va yuqori darajadagi jamoa. Yana bir bor tabriklayman.
- "Nasaf" jamoasini qanday o'rganib chiqdingiz?
- Biz yigirma birinchi asrda yashayapmiz. Ahborot asri. Har doimgidek raqibni o'rgandik. Video va boshqa vositalar yordamida.
- Bugun darvozani boshqa darvozabon qo'riqladi...
- Bugungi uchrashuv juda muhim edi. Bugungi kunda o'yinga kim yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, aynan o'sha o'yinchi maydonga tushadi.
- O'zbekiston chempionati sizda qanday taassurotlar qoldirmoqda?
- Men O'zbekiston chempionatini juda yaxshi bilaman. Bu erda men uchun hech qanday syurpriz yo'q. Yana bir marta takrorlayman, Superliga juda kuchli va shu bilan birga qiyin chempionat. Bu erda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q.
- Bu yil kim chempion bo'ladi?
- Ettita turdan keyin kim eng ko'p ochko to'plasa, o'sha chempion bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar