So’nggi yangiliklar

14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  0 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  1 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  0 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  3 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  5 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  17 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  22 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  5

Aleksandr Krestinin: "Individual xatolar tufayli mag'lubiyatga uchrayapmiz. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Individual xatolar tufayli mag'lubiyatga uchrayapmiz. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi"

Superliganing 23-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirdi.




"Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman. Bir yarim taym davomida bir kishi kam bo'lib o'ynash oson emas, shunga qaramay yigitlar yaxshi harakatlanishdi. CHetlatishga qadar vaziyatlar yaratib turgandik", - dedi Aleksandr Krestinin.

- "Lokomotiv" ketma-ket beshinchi uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Bunga sabab nima?

- Fikringiz to'g'ri. Har bir uchrashuvda so'z bilan tasvirlab bo'lmas individual xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Individual xatolar tufayli mag'lubiyatga uchrayapmiz, afsuski.

- Ivan Rogach kutilmaganda qizil kartochka oldi. U hakamga nima degan edi?

- Bir narsani tushunishimiz kerak. Hakamlar hech kim bilan gaplashishmaydi va hakamlarga gapirishga hech kimning haqqi yo'q. Bu kitobda yozib qo'yilgan qoida. Hakam barchasini to'g'ri qildi. Himoyachi bunday qilish mumkin emasligini bilmas edimi? Albatta, bundan xabardor edi. Biz intizom uchun jarimalar qo'llaymiz. Men hech qachon bunday jarimalarga ishim tushadi deb o'ylamagandi, ochig'i. Futbolchi o'z hissiyotlarini jilovlay olishi kerak. O'z tuyg'ularini tiya olmaydigan futbolchini, professional deb atash noto'g'ri. U 20 yoshlik futbolchi emas, hattoki 20 yoshli futbolchi ham bunday qilishga haqqi yo'q.

- Valeriy Kichinning o'yini menga yoqmoqda. Kichin haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Kichin bilan uzoq vaqtdan beri tanishmiz. U juda mahoratli himoyachi ekanligi sir emas. Bugun ham o'z darajasida o'ynab berdi.

- "Bunyodkor" bilan bo'lgan farq 5 ochkoni tashkil etmoqda. Jon saqlab qolish uchun kurash haqida to'xtalib o'tsangiz?

- "Bunyodkor"ning o'z maqsadlari bor. Bizning maqsadimiz esa, qolgan uch bahsda to'qqiz ochkoni qo'lga kiritish. Etiborliroq bo'lishimiz kerak, bugungiday futbolga aloqador bo'lmagan jihatlar o'yin natijasiga tasir o'tkazmasligi kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика