Aleksandr Krestinin: "Finalga munosiblar chiqadi"
25 mar 2022 21:24
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin: "Finalga munosiblar chiqadi"
"O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkinchi taymda o'yinimiz chiqmadi, ikki xil taym guvohiga aylandik", - dedi Aleksandr Krestinin.

- Bugun ikkinchi taymda shogirdlaringiz jismoniy tomonlama biroz erkinlikka berilishdi...
- To'g'ri aytdingiz, ammo ular erkinlikka berilishmadi, shunchaki kuchlari etmay qoldi.
- 29 mart kuni Tojikistonga qarshi o'ynaysizlar. Iyun oyida ham Osiyo Kubogi saralashida ham Tojikiston bilan bir guruhdasizlar. SHundan kelib chiqib ularga qarshi qandaydir yopiq o'yin bo'ladimi yoki qandaydir sirlarni yashirasizmi?
- Yo'q. Iyun oyida kimlar maydonga tushishini bilasizmi? Men bilmayman, futbolchilarning holati turlicha bo'ladi. To'g'ri raqib bitta, ammo rasmiy o'yingacha 2,5 oy vaqt bor.
- Finalda Uganda va O'zbekiston to'qnash keladi. Kimning imkoniyatni yuqoriroq baholaysiz?
- Finalga munosiblar chiqadi. O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqqanman, ammo Uganda haqida malumotga ega emasman. Ammo finalga chiqdimi demak kuchli bo'lsa kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar