So’nggi yangiliklar

16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  27 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  8 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  34 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0

Aleksandr Ejov: "Bugun ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Bugun ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik"

PRO-Liga 13-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida aytadigan bo'lsam, birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Jamoamizning barcha azolari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi va golga tortadigan vaziyatlarni yaratishni boshladik.

Bundan tashqari bugun ayrim futbolchilarimizda jarohat bor edi. Zahira o'rindig'imizda asosan yoshlar bo'lganligi uchun ular orasida o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar yo'q edi. Aniq aytadigan bo'lsak, 4-5 nafar asosiy tarkib futbolchilarimizda jarohat bor. Bu kabi sabablar bugungi o'yin natijasiga o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmadi. SHuningdek Saidjamol Davlatjonovni ham jarohat tufayli zahiraga oldik.

Ikkinchi bo'limda o'yinimiz chindan ham kuchaydi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik. Biroq raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik. Bu futbol, shunaqasi ham bo'lib turadi. "Istiqlol" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

To'g'ri, bugun ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbol shunaqa o'yin. Bugun bitta gol o'yin taqdirini hal qildi. Imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz uchun yutqazdik" - deydi "Xorazm" bosh murabbiyi.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика