So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  21 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Alan Perren: "CHorak finalda bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q" Yangiliklar

Alan Perren: "CHorak finalda bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q"

Xitoy - O'zbekiston (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Alan Perren va futbolchi Vu Ksi ishtirok etdi.

"Bugun katta natijaga erishdik. Yigitlar g'ayrat bilan harakat qilishdi va fantastik natijaga erishdik. Keyingi bosqichga chiqdik. O'yin boshida u qadar yaxshi o'ynay olmadik. Lekin oxirigacha kurashib kerakli natijaga erishdik", - deydi Perren. 

"Biz murabbiyning ko'rsatmasiga ko'ra o'ynadik. Yaxshi o'yin bilan g'alabaga erishdik. Barchamiz xursandmiz", - deydi Vu Ksi.


- Tanaffus vaqtida zaxiradagi bazi o'yinchilar chigalyozdi mashg'ulotlarini qilishmadi. Buning sababi nimada?

- CHigalyozdi mashq qilmagan bo'lsa ham zaxiradan maydonga tushganlar yaxshi o'ynashdi. Masalan, Sun Ke gol urdi. Bizga mashg'ulot emas o'yin muhim.  


- Almashtirishlarni izohlab bersangiz.

- O'yin 90 daqiqa davom etadi. Futbolchilarda jismoniy kuch bo'lishi kerak. Menda uchta o'zgartirish imkoniyati bor. Ularning bari men uchun juda muhim. Vaziyatdan kelib chiqib kerakli o'yinchilarni tushirdim. 


- Avstraliyaga kelishdan oldin siz guruhda birinchi o'rinni olamiz degan edingiz. Tabriklayman. Vu Ksi va Sun Ke haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz. 

- Vu Ksi ham, Sun Ke ham bugun jamoamizga foyda keltirishdi. Sun Ke maydonga tushishi bilan gol urishga erishib ruhiyatimizni ko'tarib yubordi.


- Guruhda birinchi o'rinni olib bo'ldinglar. CHorak finalda qaysi raqibga qarshi o'ynashni istardingiz: Janubiy Koreyami yoki Avstraliyami?

- Biz raqib tanlay olmaymiz. Kim bizga raqiblik qilsa o'sha jamoaga qarshi o'ynayveramiz. Osiyo Kubogida kuchsiz raqib yo'q.


- Jamoa guruhdan chiqish vazifasini ijobiy hal qildi. Bugun futbolchilarga bayram qilishlariga ruxsat berasizmi?

- Mehmonxonaga qaytgach shampan ichishim mumkin. Lekin keyingi o'yinlar biz uchun muhim. O'zimizni yo'qotmagan holda navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.


Vu Ksi: "Albatta biz keyingi bosqichga chiqdik. Buni nishonlaymiz. Qo'shiqlar va raqslar bilan dam olamiz. Ertadan KXDRga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlanadi"


- Ikkinchi bo'limda nimalar bo'lgani haqida aytib bering.

Vu Ksi: "Murabbiy ko'rsatmasi to'g'ri bo'lib chiqdi. Irodali g'alabaga erishganimizdan xursandmiz. Zaxiradan tushganlar bizga anchagina yordam berdi".


Narzulla Saydullaev

Brisben shahridan

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика