"Al Nassr" Rudi Garsiyaning jamoadan ketganini elon qildi, klubning yangi murabbiyi malum
13 apr 2023 19:34
Yangiliklar
"Al Nassr" Rudi Garsiyaning jamoadan ketganini elon qildi, klubning yangi murabbiyi malum
Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi Rudi Garsiyaning klub bosh murabbiyligidan ozod qilinganini rasman elon qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashgan. “A Nassr” rahbarlari francuz mutaxassisiga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Rudi Garsiya o'tgan yozdan beri “Al Nassr”ni boshqarib kelayotgandi. Mutaxassis qo'l ostidagi 26 uchrashuvda jamoa 18 g'alaba, 5 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Jamoani endilikda arablarning U-19 klubi ustozi Dinko Elichich boshqaradi.
Eslatib o'tamiz, mavsum o'rtasida portugaliya hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" safiga kelib qo'shilgandi. Jamoa hozirda Saudiya Arabistoni ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Al Nassr” esa “Al Ittihod”dan 3 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar