"Al Nassr" Ronalduga 2 yillik shartnoma taklif qildi
10 apr 14:35
Yangiliklar
"Al Nassr" Ronalduga 2 yillik shartnoma taklif qildi
Bu haqda Alfredo Pedulla xabar berdi.
Saudiya Arabistoni klubi portugaliyalik hujumchi bilan shartnomani ikki yilga, yani 2027 yil iyunigacha uzaytirish bo'yicha jadal muzokaralar olib bormoqda. Kelishuv so'nggi bosqichga etgan bo'lib, klub Ronaldu bilan yangi shartnoma tuzishga erishishiga ishonch bildirmoqda. Ronalduning klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyungacha amal qiladi.
Ronaldu 2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalarni ko'rib chiqmoqda, chunki bu uning mazkur turnirda o'ynashi mumkin bo'lgan so'nggi imkoniyati bo'lishi ehtimoli yuqori.
Krishtianu joriy mavsum "Al Nassr" safida 34 o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi. Shuningdek, u o'z faoliyatidagi gol urish seriyasini davom ettirmoqda, hozirga kelib ularning soni 931 taga etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar