Krishtianu Ronaldu va "Al Nassr" Qirol Kubogi yarim finalida mag'lub bo'ldi
25 apr 2023 00:59
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu va "Al Nassr" Qirol Kubogi yarim finalida mag'lub bo'ldi
Yarim final uchrashuvi "Al Nassr"ning ustunligi ostida o'tdi, biroq 23-daqiqada "Al Vahda" vakili Baguel Duartening uzatmasini golga aylantirdi va birinchi taym mehmonlar g'alabasi bilan yakun topdi.
Ikkinchi bo'lim boshlarida Al Hatif ikkinchi sariq kartochkasini oldi va "Al Vahda"ni qiyin vaziyatga tushirib qo'ydi. SHunga qaramasdan "Al Nassr" raqib darvozasi tomon yo'l topa olmadi. 100 daqiqa davom etgan bahs "Al Vahda"ning g'alabasi bilan yakun topdi va Krishtianu Ronaldu hamda "Al Nassr" Qirol Kubogini tark etishdi.
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ushbu bahsda zaxirada qoldi.
"Al Nassr" - "Al Vahda" 0:1
Gol: Baguel 23.
"Al Nassr": Navaf, Sulton, Gonsales, Layami, Konan (Al Ammari 83), Al Haybari, Al Hassan (Al Sulayhim 77), Gustavo, G'arib (Maran 83), Taliska, Ronaldu.
Zaxira: Rossi, Fatil, Mado, Majid, Al Aleva, Masharipov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar