"Al Nasr" "Kristal Pelas" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
21 fev 2023 20:23
Yangiliklar
"Al Nasr" "Kristal Pelas" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
"Kristal Pelas" futbolchisi Uilfrid Zaa faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
"Evening Standard" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Al Nasr" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq uni "Al Hilol" hamda "Al Ittihod" o'z tarkibiga qo'shib olish niyati borligi malum qilingandi.
Undan tashqari, futbolchiga "Milan" ham taklif jo'natishga tayyorlanmoqda. Biroq futbolchining o'zi ham Saudiya Arabistoniga ketishni maqul ko'rmoqda. Ushbu mavsumdan keyin uning London klubi bilan shartnomasi yakunlanadi.
Ushbu mavsumda Zaa "Pelas" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 6 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar