So’nggi yangiliklar

01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  0 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  22 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  6 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  120 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0

OCHL. "Nasaf" mehmonda so'nggi daqiqada gol urib, "Al Faysali"ni mag'lub etdi va dastlabki 3 ochkoga ega chiqdi! Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" mehmonda so'nggi daqiqada gol urib, "Al Faysali"ni mag'lub etdi va dastlabki 3 ochkoga ega chiqdi!

"Al Faysali" hamda "Nasaf" o'rtasidagi OFK CHempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur o'yini yakunlandi.

"Al Faysali" - "Nasaf" 0:1

Gol: Zafarmurod Abdiraxmatov 90+7'

"Al-Faysali": 21. Mehdi Xalil, 17. Salem Al Ajalin, 19. Anas Bani Yaseen, 30. Mohannad Al Souliman, 77. Mohammad Al Kloub, 6. Obeida Al Samarneh, 14. Nizar Al Rashdan (70. Ahmed SHaira 90+2'), 22. Xaled Zakaria Eid, 99. Rafik Kamergi (9. Mohammad Ahmad Suleimanan Aleikish 46'), 7. Amin Farid Mohammad Al SHanaineh (91. Hatem Al Rushadi 80'), 11. Aref Al Haj (20. Reziq Mohammed Saleh Bani Hani 66').

Zaxira: 3. Nathan Mavila, 4. Bara Marie, 23. Ehsan Haddad, 8. Bahaa Abdulrahman, 10. Yusef Abu Jalboush, 45. Mohammad Al Emwasi, 5. Husam Ali Mohammad Abudahab, 1. Noureddin Zaid Khaleel Bani Ateyah.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (88.Marko Stanoevich 65'), 17.Suhrob Nurulloev (99.Azizbek Amonov 65'), 18.Bahrom Abdurahimov (70.Jambuli Jigauri 46'), 19.Mateus Lima (8.Zafarmurod Abdiraxmatov 78'), 28.SHuhrat Muhammadiev, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (21.Doniyor Narzullaev 87'), 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov.

Al-Faisaly

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

18/09/2023, 22:00

1
:
0
Tugadi

Nasaf Qarshi

Zafarmurod Abdirahmatov - 90'

45'
90'
46'  Rafik Kamergi (Mohammad Ahmad Suleimanan Aleikish)
66'  Aref Al Haj (Reziq Mohammed Saleh Bani Hani)
80'  Amin Farid Mohammad Al Shanaineh (Hatem Al Rushadi)
90'  Nizar Al Rashdan (Ahmed Shaira)
46'  Bakhrom Abdurakhimov (Jaba Jigauri)
65'  Sukhrob Nurulloev (Azizbek Amonov)
65'  Javokhir Sidikov (Marko Stanojevic)
78'  Mateus (Zafarmurod Abdirahmatov)
87'  Oybek Bozorov (Donier Narzullaev)
90'  Zafarmurod Abdirahmatov
90'  Donier Narzullaev


90+10. O'YIN YAKUNLANDI! "NASAF"DAN AJOYIB G'ALABA!

90+9. Hakam yana o'ynashga bermoqda.

Zafarmurod Abdiraxmatovning ajoyib zarbasi golga aylandi!!!

90+7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" so'nggi daqiqada g'alabani "ilib ketmoqda"!!!

90+6. Penalti belgilanmadi.

90+5. "Nasaf" futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilgan bo'lishi mumkin. Hakam VAR orqali vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

90+3. Marko Stanoevichning jarima zarbasidan tepgan to'pini Xalil qaytarib yubordi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Holat VAR orqali ham ko'rib chiqildi. Qaror o'zgarmadi.

88. Doniyor Narzullaev o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi va gol urdi. Biroq ushbu holatda o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan.

85. Raqib darvozasi oldida "Nasaf" ketma-ket ikkita xavfli vaziyat yaratdi. Ikkisida ham raqib posboni seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi...

75. Oybek Bozorovning erlatib bergan zarbasini raqib posboni ushlab oldi.

70. Burchak zarbasidan so'ng Amonovning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.

63. Aref Al Haj darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda Nematov to'pga birinchi bo'lib etib keldi va to'pni ushlab oldi.

60. Amin Farid Mohammad Al SHanainehning darvoza tomon aylantirib tepgan to'pi noaniq ketdi.

54. Nizar Al Rashdanning zarbasi noaniq bo'ldi.

51. Jabaning erlatib bergan zarbasini raqib darvozaboni ushlab oldi.

50. O'yinning ikkinchi qismini mezbonlar ancha faol boshlashdi. 

48. Mohammad Ahmad Suleimanan Aleikish boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, biroz noaniq bo'ldi.

46. Aref Al Haj tezkor hujumga o'tib darvoza tomon zarba berdi, Nematovdan seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Nurulloevning uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Al Faysaliy" burchak zarbasini amalga oshirdi. "Nasaf" jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yuzaga keldi, holat bartaraf etildi.

40. Oybek Bozorov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, ammo anchagina noaniq bo'ldi.

36. Bahrom Abdurahimovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

33. Aref Al Hajning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

23. Nurulloevning zarbasi ham noaniq bo'ldi.

22. Nizarning qarshiliklar darvozasi tomon yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

19. Lima sal qolsa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan edi, raqib himoyachilari bu vaziyatda faol harakat qildi.

17. Lima havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo biroz noaniq bo'ldi.

14. Oybek Bozorov o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

13. Siddiqovning jarima zarbasidan uzatgan to'pini raqib futbolchilari qaytarib yubordi.

5. Dastlabki daqiqalarni ikki jamoa ham xotirjamlik bilan boshladi.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика