Akobirxo'ja Шukurullaev ishlagan o'yinda mehmon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi. Nimaga?
30 apr 2025 18:05
Yangiliklar
Akobirxo'ja Шukurullaev ishlagan o'yinda mehmon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi. Nimaga?
Birinchi liga 3-turidan o'rin olgan "Qumqo'rg'on" — "Nasaf-Farm" uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etgandi. Biroq, "Nasaf-Farm" jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchini zaxiradan maydonga tushirgani sababli Birinchi liga reglamentining 8.6-bandiga muvofiq jamoaga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat, "Qumqo'rg'on" klubiga esa 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozildi, - deb yozdi PFL rasmiy sayti.
Mazkur bahsda Akobirxo'ja Шukurullaev bosh hakam bo'lgan, qanotlarda Sardor Sodiqov va Abduaziz Abduhamitov ishlashgan. Zaxira hakami sifatida Шuhratbek Mirzaev faoliyat olib borgan va qaydnomada yo'q futbolchini maydonga tushishida eng katta xatoga yo'l qo'ygan.
Qizig'i kecha O'zbekiston kubogi doirasidagi "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvida ham Шukurullaev, Sodiqov va Abduhamitov ishlashgan. Zaxira hakami almashgan xolos: Mirzaev o'rniga Erkin Mamatmo'minov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar