So’nggi yangiliklar

19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  2 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  1 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  9 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  9

Akobirxo'ja SHukurullaev O'zbekiston kubogi finalida ishlashi mumkin edi. Lekin... Yangiliklar

Akobirxo'ja SHukurullaev O'zbekiston kubogi finalida ishlashi mumkin edi. Lekin...

Kuni kecha O'zbekiston futbol hakamlar markazi Superliga 25-turida uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlarni elon qildi.

Unga ko'ra Toshkentdagi "Bunyodkor" - "Metallurg" uchrashuvi Akobirxo'ja SHukurullaevga ishonib topshirildi. Oradagi voqealar bilan chalg'ib mazkur mavzuga oid ayrim jihatlar yoddan ko'tarildi. Keling bir boshidan boshlasak!

Olimpik

Superliga. 23-tur

26/10/2023, 16:00

0
:
0
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
15'  Abdurauf Bo'riev
46'  Saidazamat Mirsaidov (Saidafzalxon Ahrorov)
46'  Ibrohim Ibragimov (Temur Mamasidiqov)
75'  ZHasur ZHaloliddinov (Nodirbek Abdixoliqov)
75'  Farrux Muxtorov (SHerzod Esanov)
83'  Otabek Jo'raqo'ziev (Asadbek Jo'raboev)
18'  Islom Kenzhaboev
61'  Sherali Jo’rayev (Ilhom Vahobov)
61'  Murodbek Rahmatov (Alisher Sanayev)
63'  Ilhom Vahobov
72'  Akaki SHulaya
77'  Akaki SHulaya
85'  Azizbek Usmonov (ZHo'rabek Mannonov)
85'  Muhammadali G'iyosov (Diyor Rahmatilloev)

"Olimpik" - "Qizilqum" o'yini 

Superliganing 23-turidan o'rin olgan mazkur uchrashuvning 72-daqiqasida Akobirxo'ja SHukurullaev "Qizilqum" futbolchisi Akaki SHulayaga birinchi sariq kartochkani ko'rsatadi. Oradan 5 daqiqa o'tib ikkinchi sariq va futbolchi maydondan chetlatiladi. Qoidaga ko'ra bu vaziyatda VAR ikkinchi sariqqa aralasha olmasdi va qaror qabul qilish bosh hakamning o'ziga qolardi. Amalda hakam SHulayani qizil kartochka bilan kiyim almashtirish xonasiga kuzatib qo'ydi


"Qizilqum" uchun xushxabar 

2 noyabr kuni bir tur avval diskvalifikaciyaga uchragan Akaki SHulayaning qizil kartochkasi ko'rib chiqilgani va "Andijon" bilan uchrashuvdan avval bekor qilingani haqida xabar chiqdi. 

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 77-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi A. SHulayaga uchrashuv bosh hakami tomonidan  berilgan birinchi va ikkinchi sariq kartochka, qizil  kartochka bo'yicha vaziyat O'zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi bilan Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan, deb topilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Olimpik”— “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki SHulayaga mazkur uchrashuvda ko'rsatilgan barcha kartochkalar O'FA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O'zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi. SHulaya esa keyingi o'yinda maydonga tushib gol urdi. 

O'zFHM rahbari bu borada nima deydi?

Hakamning SHulayaga ko'rsatgan kartochkalari xato, deb aytilgan bo'lsa, o'sha pallada O'zFHM hakamga nisbatan jazo qo'llanilgani haqida malum qilgani yo'q Akobirxo'ja SHukurullaev 24-turda birorta o'yinda ishlamadi va shunchaki o'tkazib yubordi. Endi esa 25-turda hakamga uchrashuv berildi. Tartib-intizom qo'mitasi hakam xato qilganini aytmoqda. Xo'sh, unga nisbatan jazo qo'llanilganmidi? Bu borada O'zFHM rahbari Laziz Qo'chqorovga yuzlandik: 

"O'sha uchrashuvdan so'ng Akobirxo'ja SHukurullaevga nisbatan jazo qo'llanilgan. U 24-tur va qoldirilgan tur uchrashuvlari, kubok finalini boshqarish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Xabar berilmagani sabab, shundoq oxirgi paytlarda hakamlar chetlatilgani bog'liq xabarlar ko'payib ketdi. Hakam esa xatosi uchun jazolangan",- deydi Laziz Qo'chqorov. 

Bundan xulosa qilish mumkinki, Akobirxo'ja SHukurullaev "Olimpik" - "Qizilqum" bahsida xatoga yo'l qo'ymaganida balki "Nasaf" - OKMK o'rtasidagi finalida ishlashi mumkin edi.




Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика