So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va Ibrohim Otaxonovdan “BO'FM”da master-klass FOTO Yangiliklar

Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va Ibrohim Otaxonovdan “BO'FM”da master-klass FOTO

“Andijon” futbol klubi qoshidagi “Bolalar va o'smirlar futbol maktabi”da kecha tajribali o'yinchilar ishtirokida master-klass tashkil etildi.

“BO'FM”da futbolning sir-asrorlarini o'rganib kelayotgan yosh bolalar bilan “Andijon” futbol klubining eng tajribali o'yinchilari bo'lgan – Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev hamda Ibrohim Otaxonov uchrashdi. Kech soat 18:00ga yaqin “Bo'ston” dahasida joylashgan “Bolalar va o'smirlar futbol maktabi”ga kirib borar ekanmiz, u erda bizni maktab direktori Bekzodbek Karimov kutib oldi va maktab hayoti bilan qisqacha tanishtirib o'tdi. SHundan so'ng tadbir boshlandi.  Ochig'ini aytganda, uchrashuv chog'ida bolakaylar O'zbekistonning taniqli futbolchilari qarshisida turib, biroz hayajonlandi. Negaki, “BO'FM”da ilgari bu kabi tadbirlar ko'p ham tashkil etilmagandi. Qolaversa, o'z davrining etuk o'yinchilari bo'lgan Akmal Xolmatov va Anvar Berdievdek mahoratli futbolchilar bilan uchrashish bizningcha bugungi kunda har qanday yosh avlodni biroz hayajonga solishi turgan gap. Sababi bu ikki futbolchi o'z vaqtida “Neftchi”ning gullagan chog'ida, asosiy figuralari hisoblanardi.


Uchrashuv avvalida o'zaro savol-javoblar qilindi. Yosh bolalar tajribali o'yinchilar tomon o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Xususan tajribali hujumchi, oliy ligadagi faoliyati davomida 200taga yaqin gol urib, hamon maydonda javlon urayotgan Anvar Berdievga “BO'FM” tarbiyalanuvchisi qanday qilib, bunday natijalarga erishgansiz qabilidagi savol bilan murojaat qildi. SHunda 39 yoshli hujumchi eng avvalo mashg'ulot chog'ida o'z ustida tinimsiz ishlashi va sport qonun-qoidalariga qatiy rioya etgani natijasida erishganini bildirdi.

O'z vaqtida Farg'onaning “Neftchi” jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgan Akmal Xolmatovga ham futbol maktab tarbiyalanuvchisi savol berib, ilk bor qaysi poziciyada o'ynagansiz deya murojaat qildi. SHunda 41 yoshli Xolmatov bolalik paytlarida hujumchi sifatida o'ynaganini bildirib o'tdi.
SHuningdek Ibrohim Otaxonov birinchi Andijondagi “Bolalar va o'smirlar futbol maktabi”da tahsil olganini, ilk murabbiyi Dilshodbek aka bo'lganini bildirib o'tdi.

Tajribali futbolchilar yoshlarga mashg'ulot chog'ida o'z ustida ishlashda hech qachon dangasalik qilmasdan, maqsad sari dadil qadam bosish kerakligini bildirib o'tdi.
SHundan so'ng har uchchala tajribali futbolchilar o'zlariga alohida bittadan guruhni ajratib olgan xolda, mashg'ulot o'tkazib berdi. Etiborlisi 41 yoshli  Akmal Xolmatov yosh bolalar bilan tengma-teng mashg'ulot o'tkazib, ulaga dalda bo'ldi va kerak paytda qanday ishlash lozimligini uqtirib bordi.  – Sen to'pga bo'ysunma, aksincha to'p senga bo'ysunishi kerak. Yoki to'pni hech qachon sizlama, uni ayamash kerak – deydi Xolmatov. 




Master-klass chog'ida Berdiev, Xolmatov va Otaxonovdan “BO'FM” tarbiyalanuvchilari haqida so'raganimizda, iliq fikrlarini bildirib, bolalar futboliga etiborni yanada kuchaytirish joizligini takidladi.






SHu tariqa master-klass yakuniga etdi va uchrashuv so'nggida bolalar tajribali akalari bilan estalik uchun suratga tushishdi. Mazkur tadbir shubhasiz “BO'FM”dagi bolalar uchun foydali bo'ldi va ularga bu qo'shimcha ishtiyoq va kuch bag'ishladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Kelgusida ham bu kabi tadbirlarni tashkil etishga o'zaro kelishib olindi.


"Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика