So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Akmal Tursunboev: “Neftchi” bilan o'yinda muxlislarimizni quvontirishimiz kerak” Yangiliklar

Akmal Tursunboev: “Neftchi” bilan o'yinda muxlislarimizni quvontirishimiz kerak”

Bugun Andijonda vodiy derbisi bo'lib o'tadi. “Burgutlar” o'z uyida “Neftchi”ni qabul qiladi. Bo'lajak uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori.
Har ikki jamoaga ham g'alaba suv va havodek zarur. Qiziqarli kechishi kutilayotgan bahs oldidan “Andijon” posboni Akmal Tursunboevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Albatta, “Neftchi” bilan ham bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Umuman olganda elitada oson uchrashuvlarning o'zi yo'q. Afsuski o'tgan turda Qo'qonda mag'lub bo'ldik. Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Endi farg'onaliklarga qarshi bahsda yutmasak bo'lmaydi. Muxlislar g'alaba qozonishimizni sog'inib qoldi. Ularni xursand qilish uchun barchamiz astoydil tayyorgarlik ko'rdik.

- “Qo'qon-1912” bilan o'tgan uchrashuvdan so'ng Andijonda navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik olib borildi. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Yigitlarning ruhiy tayyorgarligi yaxshi deb o'ylayman. Muvaffaqiyatsiz o'yinni tezroq unutib, navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko'rdik. Nasib qilsa ushbu turda birinchi g'alabamizni nishonlaymiz.

- Ha, o'tgan turda oliy ligada debyut uchrashuvimni o'tkazdim. Afsuski elitadagi birinchi o'yinimda darvozamdan to'p o'tkazib yubordim. Bunday bo'lishini sira istamagandim. Biroq vaziyat shuni taqozo etdi.

- “Neftchi” bilan uchrashuvda darvozani kim qo'riqlashini murabbiylar aniqlaydi. SHaxsan men o'yinga tayyorman. Agarda yana imkoniyat berilsa, ishonchni oqlashga harakat qilaman, - deydi Tursunboev.

"Andijon" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика