So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  0 18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  1 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  1 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  37 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  5 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6

"Ajdarlar" OCHLda parvozga tayyormi? Osiyo o'yinlariga kimlar chaqirildi? Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu Yangiliklar

"Ajdarlar" OCHLda parvozga tayyormi? Osiyo o'yinlariga kimlar chaqirildi? Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu

Joriy mavsumda OCHL guruh bosqichida ishtirok etadigan "Nasaf" tayyorgarlikning so'nggi qismini Antaliyada olib bormoqda.

Qarshi klubi bugun Antaliyaga etib keldi va hozirlikni boshladi. Tayyorgarlik jarayonlari haqida jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev saytimizga fikrlarini bildirdi.

- FIFA kunlari doirasida yuzaga kelgan tanaffusda OCHLga tayyorgarlik jarayoni qanday ketyapti? Antaliyadagi yig'in haqida nima deya olasiz?

- "Turon" bilan uchrashuvdan so'ng yigitlarga 5 kun dam berdik. 7 sentyabr kuni yig'ilib, 12 sentyabrgacha shug'ullandik va OKMK bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. 

-  Tarkibdagi barcha futbolchilar shay holatdami? CHaves va Jigaurida jamoaga moslashish jarayoni ortda qoldimi?

- Barcha futbolchilar tayyor. Faqat terma jamoalardagi futbolchilarimiz yig'inlarni endi yakunlashdi. Ular bugun ixtiyorimizga kelib qo'shiladi. 3 kun birgalikda mashg'ulot o'tkazib, OCHL bahsiga yo'l olamiz. Turkiya orqali Iordaniyaga etib borish biz uchun eng maqul variant bo'ldi, deya olaman. Turkiyadan Iordaniyaga parvoz 1,5 soatni tashkil qiladi. 

- Osiyo o'yinlariga "Nasaf"dan Alibek Davronov va Abduvohid Nematov chaqirilgan. Ular "Nasaf" uchun muhim futbolchilar hisoblanadi. OCHL uchrashuvi oldidan bu katta yo'qotish emasmi?

- CHaves va Davronov biz bilan birga bo'lmaydi. Argentinalik hujumchi jarohatini to'liq tiklamadi va Toshkentda qoldi. Davronov Osiyo o'yinlariga boradi. Biz Timur Kapadzedan Abduvohidni qoldirishni iltimos qildik. Biz birgina Umid Ergashev bilan qolib, tavakkal qilishni istamadik

- Antaliyadagi qisqa yig'inda nazorat o'yini ham o'tkazish rejada bormi?

- Antaliyada biz faqat mashg'ulot olib boramiz. O'yin o'tkazish muhim emas. Terma jamoa futbolchilari iqlimga moslashib olishlari uchun ham bu narsani shart, deb hisoblamadik. 

- Oktyabr oyida futbolchilar har 3-4 kunda o'yin o'tkazishadi. Ular mavsum oxiridagi yuklamalar va bosimga tayyormi?

- O'ylaymanki, jismoniy tayyorgarlik masalasida muammo bo'lmaydi. Mavsumni oxiridagi tig'iz taqvimdan muvaffaqiyatli o'tib olamiz. Tarkibda etarlicha futbolchilar bor. Faqat oldimizdagi o'yinlarga etibor qaratiladi. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика