Ahmad Al-Jani: "Mundialga bir qadam qoldi"
09 iyu 15:00
Yangiliklar
Ahmad Al-Jani: "Mundialga bir qadam qoldi"
Qatar terma jamoasi vingeri Ahmad Al-Jani jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldinda O'zbekistonga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Biz pley-off bosqichiga yo'l oldik. Mundialga bir qadam qoldi.
To'g'ri, bizda murabbiy yangi, lekin jamoadagi mentalitet o'zgarmagan, barchamiz birgalikda, bir jamoa bo'lib jahon chempionatiga borishni xohlaymiz. Xudo xohlasa, bu orzuga birgalikda erishamiz", dedi 24 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. O'zbekiston mundial yo'llanmasini muddatidan ilgari hal qilgan bo'lsa, Qatar pley-off bosqichida kurash olib boradi.
Avvalroq qatarliklar hujumichisi Almoez Ali bo'lajak o'yin haqida fikr bildirgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar