Aguero Messining "Manchester Siti"ga o'tishiga ishonmaydi
30 dek 2015 16:41
Yangiliklar
Aguero Messining "Manchester Siti"ga o'tishiga ishonmaydi
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero jamoadoshi Villi Kabaleroning "Barselona" futbolchisi Lionel Messi haqida aytgan so'zlariga izoh berdi.
Oldinroq Kabalero Messi Kataloniya klubini tark etishga qaror qilsa, "Siti" uni xarid qilishga qodirligi borasida aytgan.
"U "Manchester Siti"ga o'tishini istayman. Qarorni qabul qiladigan Messi. U "Barselona"da o'zini juda yaxshi his qilyapti. Messi Kataloniya klubini tark etishi qiyin, chunki u "Barselona"da bolaligidan beri o'ynaydi. SHu sababli boshqa jamoa haqida o'ylash Leo uchun juda qiyin, ammo agar Messi "Manchester Siti"ga o'tishni istasa, buni bajarsin. U jahonning eng yaxshi futbolchisi va har qanday jamoada o'ynab keta oladi" - deydi Aguero.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar