So’nggi yangiliklar

10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  8 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2

AGMK Xitoy Superligasi jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi, Vatsadze yana gol urdi Yangiliklar

AGMK Xitoy Superligasi jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi, Vatsadze yana gol urdi

Teglar :  AGMK
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK jamoasi nazorat uchrashuvida Xitoy Superligasi vakili - "Cindao Huanxay" klubini ishonchli tarzda mag'lub etdi.

"Dubayda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan jamoamiz bugun navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi. Bu galgi raqib Xitoyning "Cindao Huanxay" jamoasi bo'ldi. Mazkur o'yinda ham Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ikkita taymda ikki xil tarkibni tushirib, deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Dastlabki bo'limda jamoamiz ancha ishonchli va mazmunli futbol namoyish qildi. Bu tabloda ham o'z aksini topdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida jamoamizning gruzincha tandemiga aylangan Grigalashvili-Vatsadze kombinaciyasidan keyin Mate hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi va jamoamizni tanaffusga g'olib holda olib chiqib ketdi.

Ikkinchi taymda esa butkul boshqa tarkib o'yinga tushgan bo'lsada, jamoamiz o'yindagi tashabbusni saqlab qoldi. Bellashuvning 54-daqiqasida burchak zarbasini amalga oshirgan vakillarimiz bundan naf chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. Arslonmirat Amanovning oshirgan to'pini Murod Toshmatov Sardor Raxmonov tomonga uzatdi, himoyachimiz esa raqib jarima maydonchasidagi missiyasini alo darajada uddalab, hisobni ikkita farqqa oshirdi - 2:0.

Raqib jamoa ham hisobdagi farq ikkitaga oshgach hujumga zo'r berdi va uchrashuvning 64-daqiqasida amalga oshirgan hujumdan naf chiqara oldi. Gao Xiang xitoyliklarning hujumini samarali yakunlashni uddasidan chiqdi - 2:1.

Uchrashuv yakunlanishiga 6 daqiqa qolganda SHahzod Nurmatov raqib darvozasi oldida faol harakatlandi va to'pni darvozabondan olib qo'yib, hisobdagi farqni yana ikkitaga oshirdi - 3:1!

SHu tariqa jamoamiz qishki yig'in doirasidagi to'rtinchi, Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi esa ikkinchi bellashuvda g'alabani tantana qildi. Bunga qadar jamoamiz Toshkentda avvaliga "Oq-tepa" (3:0), keyinchalik "Surxon" (3:1) ustidan g'alabaga erishgandi. Dubayda esa Turkmaniston milliy terma jamoasi mag'lub etilgandi.

Navbatdagi nazorat uchrashuvi 8 fevral kuni Xitoy Superligasining nomdor klubi - "SHandun Lunen" bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan", - deyiladi AGMK matbuot xizmati xabarida.


Nazorat uchrashuvi

05.02.2020 

AGMK — "Cindao Huanxay" 3:1

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gollar: Vatsadze (39), Raxmonov (56), Nurmatov (84) - Gao Xiang (64)

AGMK — Valijon Raximov - Mirg'iyos Sulaymonov, Igor Zonich, Bobur Yo'ldoshev, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev, Yovan Jokich - Sanjar Tursunov, Bahrom Abduraximov, Elguja Grigalashvili - Mate Vatsadze.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan tarkib: Nizomiddin Ziyovutdinov - Akmal SHorahmedov, Dilshod Jo'raev, Sardor Rahmonov, SHeroz Jalolov - Jasur Umarov, Murod Toshmatov, Arslonmirat Amanov (Saydullo Toshpo'latov, 72) - SHahzod Nurmatov, Zafar Polvonov, Xojimat Erkinov.

"Cindao Huanxay" — Lui Zenli, Zao SHi, Gao Xiang, Liu Jiashen, Bali, SHi Ze, Yao Jiangshan, Yang YU, Vang Fei, Vang Dong, Fang Xingfeng.

Zaxira: Yin Yaki, Li Peng, Xan Qingsong, YU Bin, CHeng Rui, Vang Vei, Zou Junchen, Vang Xao, Song Rungtong.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика