So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

AGMK nazorat o'yinida "Rubin"ni mag'lub etdi Yangiliklar

AGMK nazorat o'yinida "Rubin"ni mag'lub etdi

Teglar :  RubinAGMK
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusda yig'in o'tkazayotgan AGMK Pro-liga vakili Rubin bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Qibraydagi stadionda o'tgan bellashuvda Mirjalol Qosimov har ikkala bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirib, qo'l ostidagi barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.


Birinchi bo'limda AGMK vakillari raqib darvozasini 3 marotaba, tanaffusdan keyin esa 4 bor ishg'ol etib, yakunda yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi.


Dastlab Mirjamol Qosimov uzoq masofadan gol urgan bo'lsa, sal o'tib Elguja Grigalashvili o'z nomiga gol yozib qo'ydi. Tanaffusga qadar esa Jasur Hakimov burchak zarbasidan keyin bosh bilan gol urib hisobni yiriklashtirdi.


Ikkinchi bo'limda SHahzod Nurmatov dubl qayd etgan bo'lsa, Zafar Polvonov va Murod Toshmatov ham o'z nomini tabloga yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.


SHu tariqa AGMK ustunligida  o'tgan nazorat bahsida «Rubin» mag'lub etildi.


Qayd etish kerakki, mazkur o'yinda chempionat avvalida jiddiy jarohat olib safdan chiqqan iqtidorli yarim himoyachim Rasul Yo'ldoshev uzoq tanaffusdan keyin jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytdi va ikkinchi taymni to'liq o'tkazdi. 


AGMK jamoasi Superliganing 22-turi doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayonini Qibraydagi stadionda davom ettiradi.


Nazorat o'yini.

11 oktyabr.

AGMK — «Rubin» 7:0

Qibray stadioni.

Bosh hakam: Vadim Agishev

Gollar: Mirjamol Qosimov, Grigalashvili, Jasur Hakimov, SHahzod Nurmatov (2ta), Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.


AGMK — Suhrob Sultonov (Roman Abdulov, 30) - Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Igor Zonich, Akmal SHorahmedov - Dilshod Jo'raev, Jasur Umarov, Mirjamol Qosimov - Elguja Grigalashvili, Jasur Hakimov, Sanat SHixov.


Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar — Roman Abdulov (Akbar To'raev, 60) - Mirg'iyoz Sulaymonov, Bobur Yo'ldoshev, Vladislav Kasminin, SHeroz Jalolov - Saydullo Toshpo'latov, Rasul Yo'ldoshev, SHahzod Nurmatov - Zohir Pirimov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика