AGMK gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
30 iyu 2022 18:04
Yangiliklar
AGMK gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi oxirgi kelishuvga erishdi.
Erkin agent maqomidagi tajribali futbolchi, Gruziya futboli yulduzlaridan biri — Giorgi Papava tayanch yarim himoyachi sanaladi.
AGMK futbol klubi «Dinamo» Tbilisi jamoasining ko'p yillik sardori — Giorgi Papava bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyatini «Dinamo» Tbilisida boshlagan, keyinchalik Kiprning «Nea Salamina» jamoasida o'ynagan va Gruziyada «Dila Gori» hamda «Rustavi» klublarida ham to'p tepgan Papava oxirgi 4 mavsumni «Dinamo» Tbilisida jamoa sardori sifatida o'tkazdi va 4 marotaba Gruziya chempionligiga erishib, 3 bor mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. Giorgi Papava CHempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferenciyalar ligasida maydonga tushgan.
Papava faoliyati davomida 267 o'yin o'tkazgan va raqiblari darvozasiga 7 marotaba gol urgan.
Umid qilamizki, Giorgi AGMK bilan ham O'zbekiston Superligasida chempionlikni qo'lga kiritadi.
AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Giorgi!" — deyiladi olmaliqliklar xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar