AGMK darvozabon Suyunov bilan shartnoma imzoladi
30 iyu 2022 17:37
Yangiliklar
AGMK darvozabon Suyunov bilan shartnoma imzoladi
Olmaliqlikning AGMK klubi o'z safiga darvozabon SHahzod Suyunovni qo'shib oldi.
"Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi navbatdagi kelishuvga erishdi.
Bu gal AGMK safini iqtidorli darvozabon — SHahzod Suyunov to'ldiradi.
AGMK futbol klubi erkin agent maqomida kelgan SHahzod Suyunov bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.
22 yoshli iqtidorli darvozabon faoliyatini «Nasaf» akademiyasida boshlagan va 2020 yilgi mavsumdan etiboran asosiy jamoa azosiga aylangan.
Umid qilamizki, SHahzod Suyunov AGMK bilan kelejakda ko'plab yutuq va muvaffaqiyat qozonadi.
Futbolchi haqida malumot: SHahzod Suyunov
Tug'ilgan sanasi: 2000 yil, 5 avgust
Ampluasi: Darvozabon
O'ynagan jamoalari: «Nasaf» (2018-2022), AGMK (2022-…)
AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, SHahzod!" — deyiladi olmaliqliklar xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar