Agent: "Pogba "Yuventus"da qolmoqchi
09 may 2014 00:26
Yangiliklar


Agent: "Pogba "Yuventus"da qolmoqchi
"Yuventus" jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti mijozi Turinda qolmoqchi ekanligini aytib o'tdi.
PSJ klubi prezidentining nima deganini eshitmadim-u, ammo unga javob berishim mumkin. Pogbani sotib-olishni istashadimi yo'qmi bilmadim-u, lekin Pol Pogba Turinda qolmoqchi. Mijozim o'zini u erda baxtli his etmoqda.
Biz Marotta bilan yangi shartnoma borasida uchrashdik. Yaqin kunlar ichida yana ko'rishamiz. Pogbadek futbolchini har qanday klub sotib olishni istaydi. Bu tabiiy. Lekin biz hech kim bilan muzokara olib bormaganmiz. "Yuventus" Pogbani o'z safiga olib qoladi. OAVda yozilayotgan xabarlar faqatgina mish-mish ddeyish mumkin.

Fikrlar