So’nggi yangiliklar

12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  4 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  4 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4

Agar "CA" xodimlari futbolchi bo'lganida... Yangiliklar

Agar "CA" xodimlari futbolchi bo'lganida...

Karantin paytida zerikib qolmaslik uchun bir maqolani etiboringizga havola etamiz.

Endi buni maqola deb bo'lmaydi. SHunchaki karantin paytida miyaga kelib qolgan bir fikr. Tasavvur qiling, saytimiz xodimlari futbolchi bo'lganida kimga o'xshashardi. Quyida "SA" vakillarining xarakteri va o'zini tutishidan kelib chiqib qaysi futbolchiga o'xshashini keltirib o'tamiz. 

 

Kamoliddin Alimov - Sol Kempbell 

"Arsenal"da o'ynagan Sol Kempbellni yaxshi eslasangiz kerak. Markaziy himoyachi edi. Angliya terma jamoasida ham uzoq yillar to'p tepgan. Kamoliddin Alimov xarakteri jihatdan shu futbolchiga o'xshab ketadi: gavdali, og'ir-bosiq va vazmin.


Narzulla Saydullaev - Gabor Kiray

Vengriyalik darvozabon Gabor Kiray 43 yoshida faoliyatini tugatdi. U Evro-2016 paytida 42 yosh bo'lib, musobaqaning eng faxriy futbolchisi bo'lgandi. Narzulla ham ushbu darvozabonga o'xshab ko'p yillar sayt uchun ishlashni maqsad qilgan.

 

SHahboz Beg'amov - SHtefan Effenberg 

Beg'amovning turgan bitgani nemis. O'z paytida "Bavariya" etakchisi va sardori bo'lgan Effenbergga o'xshab ketadi. Bir qarasang jim turadi, bir qarasang jahli chiqib "portlaydi". Effenberg ham o'z paytida shunaqa xarakterli futbolchi edi.

 

 Tolibjon Qosimov - Rahim Sterling 

Tolibjon ham Sterlinga o'xshab qora mag'izdan kelgan, bo'yi kichik, lekin chayir yigit. Ish kunlari hatto Zangiotadan erinmay piyoda keladi. Juda abjir va harakatchan. Bir joyda ushlab o'tirish qiyin. Futbol o'ynaganda oyoq tagida ko'p o'ralashadi.


Zoir Tursunboev - Maykl Karrik 

Video tasvirchimiz Zoir Tursunboev kamgap, beozor va jimgina o'z ishini qiladigan yigit. Bu tomonlama Maykl Karrikka o'xshab ketadi. Balki ofisga kelgani ham bilinmas, lekin katta hajmdagi ishni bajaradi. Karrik ham o'yinchilik paytida ko'p ko'zga tashlanmasdi.


Nodirxo'ja Yuldashev - Luis Enrike 

Sayt direktori Nodirxo'ja Yuldashev saytimiz shu darajaga chiqishida juda ko'p mehnat qildi. U xuddi futbolchi va murabbiy Luis Enrikega o'xshab ishlaydi. "Barsa"da 21-raqamda o'ynagan Enrike yodingizdami? Jamoani ortidan ergashtirishni biladigan futbolchi edi.


Aziz Nuriy - Antonio Valensiya 

MYUda to'p tepgan ekvadorlik Antonio Valensiya o'zimizning Nuriyga o'xshab ketadi. Valensiya qariyb 10 yil "Manchester Yunayted"da o'ynab atigi 17ta gol urgan ekan. Aziz Nuriy ham maqola yozganida kam "gol uradigan" jurnalistlardan biri.


Jasur Aslanov - Ivan Rakitich

Ivan Rakitich juda odobli futbolchi. Jasur Aslanov ham kamtarin va odobli bola. Bir aytganingizni ikki qilmaydi. Maqola yozishda erinmay malumotlarni o'rganib chiqadi. Tezroq chiqarsam bo'ldi demaydi. Bu tomonlama uning mehnati Ivan Rakitichnikiga o'xshab ketadi.


Aziz To'xtamurodov - Eden Azar 

Balki Eden Azar futbolda Messi, Ronaldu erishgan yutuqlarga aslo erisha olmas, lekin baribir ajoyib futbolchi bo'lib qolaveradi. Saytimizning ukasi "Olamsport" etakchilaridan biri Aziz To'xtamurodov ham bu jihatdan Azarga o'xshab ketadi. Ishdan umuman charchamaydigan yigit.


Omonjon To'xtamirzaev - Tomas Gravesen

Omonjon o'zi "Real"ning ashaddiy muxlisi. Saytimizning ruscha versiyasiga masul shaxs. SHu bois uni bir paytlar "Real"da o'ynagan Tomas Gravesenga o'xshatdim. Gravesen "Real"da ko'p o'ynamagan, atigi bitta gol urgan ekan. Omonjon ham bitta gol urgandir.


Jahon Fayzullaev (Petash) - Lyudovik Jyuli

"Monako"dagi tinib tinchimas Jyuli esingizdami? Hech charchamaydigan, oxirigacha yuguradigan futbolchi edi. Keyinchalik "Barsa"da ham o'ynagan. Bizning Jahongir mana shu futbolchiga o'xshab ketadi. Ishdan sira charchamaydi, faqat topshiriq bersangiz bas.

 

Abdulaziz Iskandarov - Yan Koller

Bo'yi 2 metrdan uzun futbolchi bo'lardi: Yan Koller. Abdulaziz ham katta bo'lsa xuddi Yan Kollerdek bo'ladi. O'zi 2001 yil tug'ilgan, lekin bo'y ham 190 bor-ov. Koller "Borussiya Dortmund"da harqalay yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Abdulazizdan ham shunday ijod kutib qolamiz.


Gayrat Xasbiullin - Loran Blan

Bir so'z bilan aytganda, boss. Sayt xo'jayini va sardori. 1998 yilgi JCHda Franciya terma jamoasi kubokni yutishida Loran Blanning mehnati qancha bo'lsa, sayt rivojiga Gayrat Xasbiullin ham shuncha hissa qo'shib kelyapti. 5-raqamda o'ynagan Loran Blan juda tartibli markaziy himoyachi bo'lgan.

 

Alisher Ostonov - Alvaro Morata 

Alisher Ostonov "Atletiko" muxlisi. Xarakteri ham Alvaro Moratanikiga o'xshab ketadi. Odobli yigit. Ko'p gapirmaydi va o'zidan kattalarga sakramaydi. Morataga o'xshab kam gol uradi, lekin bir urganda nishonga tekkazishga harakat qiladi.


P.S. Albatta, "Championat.asia" faqat shu jurnalistlardan iborat jamoa emas. Saytda juda katta auditoriya ishlaydi. Bir qator viloyat muxbirlarimiz ham yordam berib kelishyapti. Faqat bu o'rinda men o'zim ko'proq yaqindan bilgan insonlarga to'xtaldim va barcha o'xshatishlarni o'ta shaxsiy deb qabul qilgaysiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика