Abramov yozda himoyani kuchaytirishga harakat qiladi
18 may 2014 10:20
Yangiliklar

Abramov yozda himoyani kuchaytirishga harakat qiladi
Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov yozda jamoaning himoyasini kuchaytirishga harakat qiladi.
Bu haqda murabbiy “Qizilqum”ga qarshi kechgan o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o'tdi.
Murabbiyning fikricha, “Lokomotiv”ning uch nafar himoyachisi katta ehtimol bilan shu yilning kuzida Inchxonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga yo'l oladi. Bular - Sardor Rahmonov, Bobur Yo'ldoshev va Salim Mustafoev. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, unda Abramov ixtiyorida faqat Islom To'xtaxo'jaev, Viktor Karpenko, Ilhom Suyunov va Evgeniy Gogol qoladi.
Evgeniy Gogol maydonga deyarli tushayotgani yo'q, shu bois birinchi davra tugagach u klubni tark etishi mumkin. Viktor Karpenkoni esa murabbiy oxirgi o'yinlarda yarim himoyachi sifatida o'ynatmoqda. SHunday ekan, chempionlik uchun kurashayotgan jamoa Islom To'xtaxo'jaev bilan Ilhom Suyunovga bog'lanib qolmasa kerak. Jamoaga hech bo'lmaganda bitta yaxshi himoyachi kerak bo'ladi.
Osiyo o'yinlarida futbol bahslari 14 sentyabrdan start oladi va ikki hafta davom etadi. Bizga malum bo'lishicha, avgustda qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Bu musobaqada 1991 yilda va undan keyin tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishadi. SHuningdek, bosh murabbiy o'zi bilan uch nafar yoshi katta futbolchini olib ketishi mumkin. Navbatdagi Osiyo o'yinlariga terma jamoamizni Mirjalol Qosimov olib boradi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar