Abduvohid Nematov: "Endi bor etiborni Superligaga qaratib, titulni qo'lga kiritmoqchimiz"
		
		31 okt 2022 08:10
        Yangiliklar	
	
				
				Abduvohid Nematov: "Endi bor etiborni Superligaga qaratib, titulni qo'lga kiritmoqchimiz"
O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Nematov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
			“Bugungi o'yinga ikkala jamoa ham yaxshi tayyorlangandi. Bu kubok ortida CHempionlar Ligasi yo'llanmasi turgandi. Bundan tashqari, adashmasam “Navbahor” ham 24 yil deganda musobaqa finaliga chiqdi. Kubokda biz ko'proq o'yin o'tkazgandik, o'tgan yili titulni qo'lga kiritgandik. Kubok finalida o'ynadik, OCHL pley-offida Dubayda “Baniyas” bilan bahs olib bordik. Katta o'yinlarga tayyor edik. Eng asosiysi g'olib bo'ldik. Endi Xudo xohlasa chempionatda uchta uchrashuv qoldi, bor kuchimiz va borimizni shu o'yinlarga berib, Inshoolloh kubokni ko'tarish nasib etsin”, deydi “ajdarlar” kiperi.
Faxriddin Ro'ziev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar