So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  0 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  1 10:20Неймар яна жароҳат олди  3 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Abdusamad Do'rmonov: "Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin"

PRO-Liga 12-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Abdusamad aka, bugun bo'lib o'tgan Farg'ona derbisi haqida fikrlaringiz qanday?
- Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik va shunga mos ravishda tayyorgarlik ko'rdik. Bugun kichik derbi uchrashuviga guvoh bo'ldik. O'tgan o'yindan so'ng jamoamiz futbolchilari bilan gaplashdik. Futbol shunaqa, g'alaba ham, mag'lubiyat ham bo'ladi. Uyda o'tadigan o'yinlarda ochko yo'qotish kerak emas. Bugun jamoamiz futbolchilari yaxshi harakat qilishdi, natija ham o'yinga mos bo'ldi. Umuman aytganda bugungi uchrashuv uchun hech kimga etirozim yo'q.

- O'yin avvalgilaridan ertaroq, soat 14:00 da boshlanganligi qiyinchilik tug'dirmadimi?

-Yo'q, hozirgi kunda butun dunyoda bunday vaqtda futbol o'ynashmoqda. 14:00 dami, 15:00 dami farqi yo'q, asosiysi futbol o'ynash kerak. Bugun jamoamiz yigitlari chindan yaxshi harakat qilishdi.

- Aytingchi, "Istiqlol" jamoasining avvalgi tarkibi saqlanib qolinganda bugun boshqacha o'yin bo'lishi mumkinmidi? Masalan jamoasini 7 nafar asosiy tarkib futbolchilari tark etishdi...

- Albatta, boshqa o'yin bo'lardi. Lekin biz birinchi davrada ham "Istiqlol" bilan o'ynab, mag'lubiyatga uchratganmiz. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu sport turida oldindan biron narsa deyish qiyin.

- "Neftchi" navbatdagi turni safarda o'tkazadi. "Zomin" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Bu o'yinga ham doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Tayyorgarlik qancha yaxshi bo'lsa, natija ham shunga mos bo'ladi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика