So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   5 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Abdurauf Bo'riev: "Qiziqchilarning futbol mavzusiga nuqta qo'ydik" Yangiliklar

Abdurauf Bo'riev: "Qiziqchilarning futbol mavzusiga nuqta qo'ydik"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jahon chempionati saralash bosqichidan keyingi jarayon qanday o'tyapti? Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz...

- Orzularimdan biriga erishdim. Aslida ikkitasiga desa ham bo'ladi. Sababi, Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etish istagi amalga oshdi. Ikkinchisi – jahon chempionati. Bundan juda xursandman. FIFA kunlaridan so'ng chempionatning navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yubordik. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qildi.

- "Paxtakor" so'nggi o'yinlarda ketma-ket g'alaba qozonayotgandi. Seriyaga barham berilishiga raqibning qaysi jihatlari to'sqinlik qildi?

- Bunga faqat o'zimiz aybdormiz. Hujumlarni yakunlashda aniqlik etishmadi. 

- Biroz mavzudan yiroqlashamiz. O'zbekiston yaqinda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu mavzu uzoq yillar davomida so'z ustalarining asosiy mavzularidan biriga aylangandi. Futbolchi sifatida buni qanday qabul qilardingiz va endigi munosabatingiz qanday?

- Ha, bu haqda eshitardik, tomosha qilardik. Menimcha, ularning mavzusiga nuqta qo'ydik deb o'ylayman. Endi bu mavzuga qaytilmasa kerak.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика