So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  3 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Abdumalik Abdullaev: Dinamoda juda ahil jamoa yig'ilgan Yangiliklar

Abdumalik Abdullaev: Dinamoda juda ahil jamoa yig'ilgan

Oliy Liga 2-tur doirasidagi Dinamo - SHo'rtan (3:0) uchrashuvidan keyin gol muallifi bo'lgan Samarqand jamoasi hujumchisi Abdumalik Abdullaev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Muhim o'yinda ajoyib g'alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barcha muxlislarimiz va klub rahbariyatiga ham rahmat. Bugun minglab ishqibozlarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Metallurg bilan o'yindan keyin SHo'rtan bilan bahsga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishga intildik. Murabbiylar shtabi jamoani yaxshi tayyorlay oldi.

- Dinamoning kutilmagan omadli startining sabablari nimada deb o'ylaysiz?


- To'g'ri jamoamiz tarkibi yig'ilganiga hali ko'p bo'lmadi. Lekin Dinamoda juda ahil jamoa yig'ilgan. Barcha bir-birini qo'llab-quvvatlashga intilayapti. Barchamiz muxlislarimizni xursand etish uchun katta ishtiyoqda harakat qilayapmiz. Murabbiylar bizga ishonayotgan ekan, shunga yarasha javob berishga intilayapmiz.

- Metallurgga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi gol kiritilishiga sababchi bo'lgan edingiz. Bugun ham zaxiradan maydonga tushib, 3-golni kiritdingiz. Bu murabbiylar ko'rsatmasimi?


- Xuddi shunday, o'yindan oldin Ilhom aka SHaripov ikkinchi bo'limda maydonga tushib, hujumkorlikni oshirishim lozimligini aytgandilar. Jarima to'pi uzatilgach, vaziyatdan foydalanib gol urdim. Oldinda bizni yana qiyin o'yinlar kutib turibdi. Muxlislar mana shunday qo'llab-quvvatlab turishsa, keyingi turda Paxtakorga qarshi bahsda ham kamida durang natija uchun harakat qilamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика