Abbos Fayzullaev kechagi xatosi uchun CSKA muxlislaridan kechirim so'radi
20 may 14:35
Yangiliklar


Abbos Fayzullaev kechagi xatosi uchun CSKA muxlislaridan kechirim so'radi
CSKA va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Instagram sahifasida raqib gol urgandagi xatosi uchun uzr so'radi.
CSKA kecha RPL 29-turida "Lokomotiv" bilan ro'baro' kelib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. "Armiyachilar" ikkinchi golni Fayzullaevning xatosidan keyin o'tkazib yubordi.
21 yoshli futbolchi bir necha daqiqa oldin Instagram sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:
"Ikkinchi goldagi xatom uchun barcha muxlislardan uzr so'rayman. Butun masuliyatni zimmamga olaman va keyingi o'yinlarda jamoaga yordam berishga harakat qilaman", – dedi Fayzullaev.
CSKA 29 turdan so'ng musobaqa jadvalida 56 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Avvalroq SofaScore O'zbekiston MTJ azosiga 6,6 ball qo'ygandi. Bundan tashqari, CSKA ustozi Marko Nikolich Fayzullaev haqida fikr bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Пахтакорга қайтсинми?