So’nggi yangiliklar

23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  3 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  6 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  5 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  5 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  4 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  10 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  7

A Seriya narx-navosida qanday o'zgarishlar yuz berdi? Yangiliklar

A Seriya narx-navosida qanday o'zgarishlar yuz berdi?

Yil davomida narxi oshganlar TOPidan – "Napoli"ning 2 futbolchisi o'rin olgan.

Odatda xabar va materiallarda u yoki bu futbolchining omadsiz mavsum tufayli narxi qanchaga tushib ketganiga urg'u beriladi.

Biroq bazi o'yinchilarda aksincha, omadli mavsum tufayli transfer narxidagi raqamlar ijobiy tomonga ham o'zgarib turadi. Bugun A Seriyaning narxi keskin o'zgargan futbolchilari haqida gaplashamiz.  


Rafael Leau – 85 million evro (+ 50 mln)

Yosh portugaliyalik futbolchining "Milan"da ajoyib akalari bor – Zlatan Ibragimovich va Olive Jiru. Bunday o'yinchilar bilan "rossoneri" uzoq davom etgan inqirozdan nihoyat chiqib keta olishdi va 11 yil o'tib, chempionlikni o'zlariga qaytarishdi.

"Oltin mavsum" Rafael uchun samaradorlik bo'yicha eng yaxshisi bo'ldi – A Seriyaning 34 uchrashuvida 11 gol va 8 ta assist. Ushbu mavsum ko'rsatkichlar undanda yaxshi – chempionatning 14 o'yinida 6 gol va 4 ta golli uzatma.

Bunday ko'rsatkichlar va Italiya chempionati etakchilaridan biri tarkibidagi roli orqali Leauning narxi shu yil yozdayoq 100 million evrodan oshishi hech gap emas.


Xvicha Kvaracxeliya – 60 million (+ 44 mln)

Italiyaga ko'chib o'tishning "oqibati" shunaqa bo'ladi! Yosh gruzinga "Rubin"da to'p tepib yurgan davrlaridayoq katta baho berishar va uni yorqin kelajak kutayotgani taxmin qilinardi. Yozda esa bazilar Xvicha "Napoli" darajasiga tortmaydi deb ikkilandi va boshlanishiga biroz kuchsizroq klubga o'tgani yaxshimidi deb o'ylayshdi. Biroq ular adashgan bo'lib chiqdi – Kvaracxeliya hujumning chap qanotiga juda mos tushdi.

Ilk o'yinlardanoq vinger ishonchli harakat qilmoqda va sheriklarini yaxshi his qilib, aldamchi harakatlarda ham faol. Hozirning o'zida u neapolliklarning ikkinchi bombardiri va gol+pas tizimida eng yaxshisi bo'lib turibdi. 21 yoshli gruziyalikning "yulduzi" kutilmaganda porladi, ammo buning uchun Xvicha astoydil mehnat qilganini ham takidlash zarur – "Napoli" esa yaqin orada uni qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Kim Min Je – 35 million (+ 28,5 mln)

Markaziy himoyachining progressi Xvichaning taqdiriga o'xshash. Faqatgina transfer narxidagi raqamlar biroz kamtarroq. Xitoy chempionatidagi ikki mavsumdan keyin koreyalik sportchi Evropa maydoniga yo'l olish vaqti keldi deb hisoblaydi va "Fenerbaxche" bilan shartnoma imzolaydi. "Napoli" Kimni o'tgan yozda o'z safiga qo'shib oldi.

Ko'pchilik uchun kutilmaganda Min Je Amir Rraxmani bilan himoya markazidan mustahkam joy egallashdi. Futbolchi jamoa to'pga egalik qilganida ancha yuqori harakat qilishi bilan birga, bosimda o'zini yo'qotib qo'ymaydi. To'pni ilib ketish bo'yicha ikkinchi (1.1) va uni olib qo'yish bo'yicha to'rtinchi (1.6) ko'rsatkichga ega.


Per Kalyulyu – 35 million (+ 25 mln)

"Milan" yosh francuzni "Lion"ning o'rinbosarlar jamoasidan 2020 yil sentyabr oyida Italiyaga olib kelgan va asta-sekinlik bilan asosiy tarkibga tayyorlab keldi. "Rossoneri" safida Per ancha universal himoyachiga aylandi – jamoa ko'p bor ikkita markaziy himoyachi bilan harakat qiladi, lekin qanotda ham aslida markaziy himoyachi bo'lgan yana bir futbolchi tushiriladi va bu odatda Kalyulyu.

21 yoshli francuz stabil o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti va jiddiy xatolarga yo'l qo'ymayapti. "Milan" esa A Seriyada ikkkinchi pog'onani band qilgani holda "Napoli"ni quvishda davom etyapti.


Romelu Lukaku – 55 million (- 45 mln)

Belgiyalik uchun 2022 yil juda og'ir o'tdi. "Inter"da o'zini topgan Romelu negadir yana "CHelsi"ga qaytib, omadini ikkinchi marta sinab ko'rgisi kelib qoldi. Londonda ketmon bu safar ham uchmadi, ikki orada uni qutqargan Italiya klubi muxlislari bilan munosabatlarga sovuqlik tushdi.

Yozda Romelu yana "Inter"ga qaytdi — yana narxi tushgan, jarohatlar sabab uzoq vaqtni lazaretda o'tkazadigan bo'lib. Birinchi turlarda belgiyalik gol sezish qobiliyatini yo'qotmagandek ko'ringandi, ammo "Lacio"ga qarshi o'yindan keyin forvard yana lazaretga "yo'l oldi". Keyingi bahsni Lukaku oktyabr oxirida o'tkazdi, keyin yana chempionatning 3 ta o'yinini o'tkazib yuborib, JCH-2022ga borib Belgiya bilan guruh bosqichidayoq kurashdan chiqib ketdi.

Hozir Lukaku yana kurashishi, yaxshi hujumchiligini isbotlashi zarur — va agar omadi kelib, avvalgi darajasiga qayta olsa, APLga shoshmaslikni maslahat beramiz.


Stefan de Vrey – 15 millionov (- 30 mln)

Narxi tushganlarning TOP-5ligida "Inter"ning bir yo'la 3 nafar azosini uchratish mumkin. Bu erda gap "neradzurri" oxirgi mavsumlardagidan yomonroq o'yin ko'rsatayotganida ham desak, mubolag'a bo'lmaydi. Himoya mustahkamligi qaergadir "yo'qolib" qolgandek, shunday bo'lsada, jamoa ECHLda pley-offga chiqa oldi.

30 yoshli niderlandiyalikning o'zi esa terma jamoa darajasida tarkib uchun kurashda imkoniyatni boy berayotganiga qaramay, Simone Indzagi uchun asosiy tarkib azosi bo'lib qolmoqda. Markaziy himoyachining transfer narxi sekin, lekin stabil ravishda tushib bormoqda – 2021 yil dekabr oyida u 45 million evroga baholangan bo'lsa, martda bu ko'rsatkich 35 mln edi. Sentyabrda — 20, endi esa 15 million.


Pol Pogba – 35 million (- 20 mln)

Francuz yozda jamoaga yangi murabbiy Erik ten Xag kelib, "Manchester Yunayted"da yangi jamoa shakllantirmoqchiligiga qaramay, APLni tark etishni maqul deb bildi. Xavbek jonajon "Yuventus"iga, eng yaxshi davrlarini o'tkazgan murabbiyning oldiga qaytdi.

SHundan so'ng hamma kreativ va keskinlik yuzaga keltiradigan Polning qaytishini kutgandi, ammo amalda yarim himoyachini yana jarohatlanganlar ro'yxatidagina ko'ryapmiz. Mashg'ulotdagi jarohat tufayli Pogba yana uzoq vaqtni maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi va bu mavsum hali tushib ulgurmagandi. Bugun Pol umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani haqida xabarlar chiqdi. Demak, yaqinda Pogbani yana maydonda ko'ramiz.

Franciyalikning narxidagi o'zgarishlar MYUda boshlangandi – Pol shartnomasini uzaytirish yoki ketish borasida ikkilanib, jamoaning ichki muhitiga ham salbiy tasir ko'rsatardi. Keyin esa Ralf Rangnik boshchiligida umumiy pasayish kuzatildi. Endi Pogba o'rtamiyona yarim himoyachilar qatorida tilga olina boshlandi.


Paulo Dibala – 30 million (- 20 mln)

Bu vaziyatda argentinalik ko'chib o'tgan jamoa statusi va "Yuventus"dagi o'rtamiyona mavsum ham rol o'ynadi. Pauloga dastlab faqatgina alohida etibor va malum poziciyadagina porlay oladigan forvard sifatida qaraldi. "Palermo"dan keyingi dastlabki mavsumlarda u "Yuve"ni olg'a boshlar va yaqin kelajakda katta yulduzga aylanishi taxmin qilingandi. Biroq keyin Ronalduning soyasida qolib ketgan Dibalaning o'yinida yorqinlik yo'qoldi, jamoani uning atrofida qurishni esa hech kim istamadi. 



O'tgan yozda esa "keksa sinora" argentinalik bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi va u "Roma"ga Joze Mourinoning oldiga yo'l oldi. Ha, hozir Paulo 30 million evroga baholanmoqda. Biroq Rimda u katta ishonch va portugaliyalik menejerning qo'llab-quvvatlashi natijasida jamoa to'purari hisoblanadi.


Soccer.ru saytidan Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика