So’nggi yangiliklar

12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  0 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  0 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  8 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  0 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  9 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  21 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  20 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  7 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  12 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0

"8+3". Artur Gevorkyanning Rivaldo va CHerandan ustun tomonini bilasizmi? (5-son) Yangiliklar

"8+3". Artur Gevorkyanning Rivaldo va CHerandan ustun tomonini bilasizmi? (5-son)

"8+3" rukni davom etadi. Bu gal AGMK jamoasida faoliyat yuritayotgan taniqli jurnalist va insayder SHahboz Beg'amov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim? 

- Afsonaviy Zafar Xolmurodov.

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz?  

- "Barselona"-2011, "Bavariya"-2013, Germaniya-2014, "Bavariya"-2020

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi? 

- Kamoliddin Kenjaevning "Qizilqum" darvozasiga urgan goli.

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?  

- Tomas Myuller va Joze Mourinyu.

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- Mirjalol Qosimov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi? 

- 2010-2015 yillardagi terma jamoa.

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim? 

- Nom jihatdan Rivaldo. O'yin taraflama Dragan CHeran, natijalari etibori bilan deyarli barcha yutuqqa erishgan Artur Gevorkyan.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering. 

- Jahon va o'zbek futbolchilaridan aralash men yoqtirgan o'yin uslubiga mos futbolchilarni tanlayman: Noyer - Kamoliddin Kenjaev, Jerom Boateng, SHerzod Azamov, Filipp Lam - Bastian SHvaynshtayger, Mirjalol Qosimov - Aren Robben, Tomas Myuller, Alessandro Del pero - Zafar Xolmurodov. Bosh murabbiy: Yupp Xaynkes.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting (va bitta qahramon). 

- "SHaytanat" va "Kichkina tabib". Asadbek.

- Siz uchun baxt nimadan iborat? 

- Tinchlik, salomatlik va oilaviy xotirjamlik.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz? 

- 2006 yili mart oyida boshlab sodir bo'lgan voqealar.

"8+3". "To'lagan Isoqov — futbolimiz qiroli" (4-son)

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика