So’nggi yangiliklar

07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  20 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  14 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  74 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  702

43 yoshga to'lgan "Sariq iblis" haqida Yangiliklar

43 yoshga to'lgan "Sariq iblis" haqida

Bugungi kunda o'z jamoasiga sodiq futbolchilarni topish qiyin.

Futbolchilar doimo etibor markazida bo'lishga, sovrin yutadigan jamoalarda o'ynashga intiladilar.

O'z hayotini birgina klubga bag'ishlagan futbolchilar doimo hurmatlilar qatorida etirof etiladi. Bundan insonlar uchun trend, shuhrat, obro'-etibor degan narsalar katta ahamiyat kasb etmaydi. Ularning asosiy kuchi vijdonda. Ular vijdonga va yuraklariga quloq soladilar. Mana shunday futbolchilar borki, futbolda sadoqat, sodiqlik kabi so'zlardan foydalanamiz.

Pol Skoulz biz yuqorida sanab o'tgan insonlar sirasiga kiradi. U o'zining sodiqligi, istedodi, aqli va insoniylik sifatlari bilan barchaga namuna bo'la oladi. Uning nomi "Manchester Yunayted" tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan.

"Agar chiqish yo'lakchasida jurnalistlar turgan bo'lsalar, men birinchi chiqish va intervyu berish imkoniyatini Devid Bekxemga beraman. Bu narsa unga yarashadi. Men esa bunday vaziyatlarni unchalik ham xushlamayman" - degandi qachonlardir Skoulz. "Xech kimga sezdirmasdan mashinamga o'tirib olishni va uyga tezroq etib olishni maqul ko'raman. Tushunmayman, mikrofon ko'tarib yurgan bu odamlar mendan nima istaydilar? Kimlardir men haqimda maqolalar to'playdi. Men shunchaki gazetalarni ko'rib chiqaman va keyin ularni axlat qutisiga tashlab yuboramanku".

U o'z vaqtida futbolchilik faoliyatini umuman boshlamasligi ham mumkin edi. Bunga uchta sababni ko'rsatish mumkin:

-Pol kriketning ashaddiy ishqibozi hisoblanadi. SHunday gap eshitganmiz: Skoulz futbolni maktabdagi o'qituvchisining talabi bilan tanlagan. Keyin o'sha o'qituvchi uchun "Manchester Yunayted" akademiyasiga olib borgan


-Astma. Bu kasallik professional sportchi bo'lishga juda katta halal beradi. Ahir sportchi istalgan vaqtda nafas siqib qolishdan aziyat chekishi mumkin.


-Osgud-SHlatter kasalligi (10-18 yoshli bolalarda tizzasi bilan bog'liq muammolar bo'lishi). Jismoniy yuklamalar tizzada qattiq og'riq keltirib chiqarishi mumkin bo'lardi.


Faoliyati boshidayoq u ko'z nuri bilan bog'liq muammolarga duch kelgan. Lekin, unga futboldan boshqa xech narsa qiziq emasdi. SHuning uchun, Pol sevimli mashg'uloti yo'lida sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga etibor bermasdi.

Pol Skoulz - afsonaviy "Klass 92" bitiruvchisi hisoblanadi. "Klass 92" dunyo futbolida o'ziga hos obro'ga ega. Katta ehtimol bilan boshqa bunaqasi bo'lmaydi. Akademiya klubidagi bitta yilda bitirgan futbolchilar dunyo miqyosidagi futbolchi bo'lib etishishi umuman kuzatilmagan holat. Bir emas, ikki emas... KO'P! Rayan Giggz, Niki Batt, Fil va Gari Nevillar, Devid Bekxem va albatta Pol Skoulzlar "Klass 92" so'zidan oldin "afsonaviy" degan so'z ham qo'shib aytilishiga sababchi bo'lganlar. Qoyil!

Yana bir qiziq fakt. 1996 yilda "Manchester Yunayted" "Blekbern"dan Alan SHirerni o'z safiga qo'shib olishga ko'p uringandi. "Rovers" rahbariyati o'shanda faqatgina bitta shart bilan Alanni manchesterliklar safiga qo'yib yuborishga rozi bo'lgandi: Skoulz "Blekberg" futbolchisiga aylanishi lozim edi. Lekin, ser Aleks bundan "barter"ga rozi bo'lmagan.

Aytgancha, Pol faoliyatini markaziy hujumchi rolida boshlaganini ko'pchilik bilmasa kerak. To'g'ri, bunga ishonish qiyin, lekin ser Aleks qahramonimizni aynan o'sha nuqtada o'ynatishga qaror qilgandi. Uning asosiy vazifasi raqib darvozasiga gollar kiritish edi. Ammo, Roy Kinning jarohati sabab Fergyuson uni markazga o'tkazadi. Endi bo'yi uncha baland bo'lmagan yigitcha gol kiritishga emas, o'zining zargarona to'p uzatishlari bilan muxlislarni xursand qilishi lozim edi.


MYUning eng yaxshi futbolchisi kim? Bu qiyin savol. MYU safida o'z ishining haqiqiy ustalari bor. Runi, Nani... Yana ularda ajoyib himoya bor. Ammo, bungacha o'tkazilgan o'yinlardan kelib chiqadigan bo'lsak men Pol Skoulz va Rayan Giggzlarni alohida ko'rsatib o'tgan bo'lardim. Ular alohida etirof etish lozim bo'lgan futbolchilar. 

"Barselona" futbolchisi Andres Inesta. 2011 yil. ECHL finali oldidan

Skoulzga klub bilan yutish mumkin bo'lgan sovrinlar borasida omad kulib boqqan. Ammo, terma jamoada buning aksi. Terma jamoadagi sheriklarda bir qarasang Bekxem Simeonega qarshi qo'pol harakat qilib maydondan chetlatiladi, bir qarasang Devid Simen 40 metrdan Ronaldinoning jarima zarbasidan gol o'tkazib yuboradi.

SHuning uchun ham Evro-2004dan so'ng Pol terma jamoadan ketishi haqida elon qilgan. Undan tashqari Sven Yoran Eriksson yoshroq bo'lgan Frenk Lempard va Stiven Jerrardlarga ishonch bildira boshlagandi.

"Terma jamoadan ketish istagi oilamga yaqin bo'lish bilan bog'lik. Menga xech qachon uydan uzoqda o'ynash yoqmagan. Angliya qandaydir yirik turnirda qatnashsa 3-4 kun o'zimni yaxshi his qilardim. Keyin esa rafiqam va bolalarim yo'qligi sabab o'zimga kela olmay qolardim. Ketish qarorini o'zim qabul qilganman. Keyin esa uni ser Aleks Fergyusongga aytganman. Sven Yoran Eriksson esa mashg'ulotlar vaqtida meni "aqldan ozgan"ga chiqarib qo'ygan. SHundan so'ng elkamdan tog' ag'darilgandi. To'g'ri qarorga kelgandim. JCH-2010 oldidan murabbiylar shtabi meni yana terma jamoaga chaqirgandi. Uzoq o'yladim. Lekin, qarorimni o'zgartirmadim. Undan tashqari, JARdagi Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan yigitlar oldida menga noqulay edi", - deya o'sha qaroriga izoh bergan Skoulz o'z kitobida.

2011 yilda esa u futbolchilik faoliyatini yakunlashini elon qildi. Butsalarini mixga ilgan bo'lsada u MYUga yordam berishda davrm etdi. Skoulz "Yunayted" akademiyasi murabbiyi sifatida ish boshlagandi.

Ammo, 2012 yilning 8 yanvarida jarohatlar epidemiyasi sabab ser Aleks o'zining sobiq askarini yordamga chorladi. Principial raqib - "Manchester Siti"ga qarshi kubok o'yinida u zaxiradan maydonga tushib jamoasiga yordam berdi. O'shandan so'ng yarim yil davomida u ajoyib o'yinlar namoyish etdi. "Old Trafford" esa o'z qahramonini doimo olqishlab turardi.

Nihoyat 2013 yilning may oyida u futboldan ketdi.

Keyinchalik Pol Skoulz do'stlari bilan birga Manchesterning janubida joylashgan "Selford Siti" klubini xarid qiladi. SHuni alohida takidlab o'tish lozimki, aynan shu erda Pol Skoulz tavallud topgan. Giggzlar oilasi farzandini futbolchi bo'lishi uchun aynan shu erga ko'chib kelganlar. Aynan shu erda Gari Nevill ko'zga tashlangan. Klub nafaqat Manchesterda futbolni ommalashtirish maqsadida, balki bolalik yillarini yodga olish uchun ham sotib olingandi. Bu qiziqarli tijoriy loyiha bo'lib, uni sotib olgan yigitlar o'z mashhurliklari va tajribalari evaziga klubni tanitmoqchilar. Kim biladi, balki qachondir Manchesterda uchinchi superklub tashkil topar?


Pol - benazir. Unda xech qachon agent bo'lmagan. "Manchester" va Skoulz bir-birlariga doim ishonganlar. SHuning uchun, ularning o'rtasida kimdir turishi shart bo'lmagan.

SHunaqa gaplar. Tug'ilgan kun muborak bo'lsin "Sariq iblis"!


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика