So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  215 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  14 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

3–3 Yangiliklar

3–3

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Finaldagi raqib haqida internetdan topilgan malumotlaru, Tojikistonga qarshi bahsi orqali malum tushunchaga ega bo'ldik. Mana shu oxirgi bahs ham bo'lajak raqibning o'yini haqida tasavvur hosil qildi. Keling, Ugandaning uchtadan kuchli hamda zaif tomonlarini tahlil qilishga urinib ko'ramiz.

+ Jamoa bosh bilan yaxshi o'ynaydi

Uganda futbolchilarining ko'pchiligi mirzaterak qomatli ekanligini guvohi bo'lgan bo'lsangiz kerak. Birgina jamoa himoyachisi Befis Mugabining bo'yi 1.88 m ko'rsatkichni qayd etgan. Afrikalik futbolchilarning goli ham aynan standart vaziyatdan so'ng bosh bilan kiritildi. 

SHu kabi standart vaziyatlarda va umuman havodan uzatiladigan to'plarda futbolchilarimizdan Ronaldu bo'lish talab etiladi. 

— Ikkinchi qavat

Kulgili tuyulishi mumkin, lekin jamoaning plyusi bilan bir qatorda kamchiliklari ham ikkinchi qavatda ekanligi nisbatan sezildi. Yani, nisbatan bo'ydor bo'lmagan Tojikiston futbolchilari bosh bilan hatto gol urishga erishdi (inobatga olinmadi), shuningdek, ayrim vaziyatlarda ustun kelishdi ham. Biroq ikkinchi qavatga tayanib, o'yin uslubi olib bormagan maqul.

+ Tezlik

Uganda havoda ustunlikdan tashqari tezlikka asoslangan o'yin tashkil qildi. Himoyachilar uzatmalar orqali hujumchilarni oldinga boshlashdi. Bir necha xavfli vaziyatlar ham shunday uslubda tashkil etildi, biroq afrikaliklar ushbu imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. O'zbekiston terma jamoasi himoyachilari Qirg'iz Respublikasi hujumchisidan aynan tezlikda ortda qolib, "tarsaki" qabul qilishgandi. 

— Taktika

Ugandaliklar ikkinchi qavatda parvoz qilishi, oldinga Bolt singari yugurishi mumkin, biroq serb murabbiyining shogirdlari taktik jihatdan ancha oqsashini ko'rdik. Aksincha, qo'shnilarimiz qisqa paslar hamda taktik ishlanmalar orqali xavfli vaziyatlar tashkil etishda raqiblaridan aslo qolishmadi. Faqatgina tajriba etishmasligi ularga pand berdi. 

Uganda futbolchilari o'yinni asosan, markaz orqali tashkillashtirdi. Qanotlar unchalik faol ishlamadi, qanot futbolchilari ham markazga jipslashgan holda harakat qilishdi. Buni anglagan tojikistonliklar bir necha bor qanotlardan yurish qildi.

+ Uzoq masofadan zarba

O'yin davomida ugandalik futbolchilarning bir necha bor uzoq masofadan kuchli zarba yo'llaganining guvohi bo'ldik. Tojikiston darvozaboni ularni qaytarishda peshonasidan shoda-shoda marvaridlar oqizgan bo'lsa, ajabmas. Har holda, bu jihat ham ularning ustun tomonlaridan biri sanaladi. O'zbekiston darvozabonlari uzoq masofadan yo'llangan to'plardan yaxshigina aziyat chekishgan. Nima bo'lgan taqdirda ham, ehtiyotkorliklikni qo'ldan chiqarmaslik hamda oyog'ini tagiga yotib olib bo'lsa-da, zarba berishga imkon boricha yo'l qo'ymaslik darkor. 

— Pressing

Yarim finaldagi qarama-qarshilik osuda davom etayotgan, Tojikistonning unchalik yuqori bo'lmagan bosimi natijasida Uganda darvozaboni hazillashmoqchi bo'ldimi yo xayol surib qoldimi, ishqilib, bir necha lahzalardan so'ng boshini changallashga majbur bo'ldi. O'yin davomida ham qo'shnilarimizning pressingi oqibatida afrikalik futbolchilar bir necha bor to'pni yo oldirib qo'yishdi, yo o'yindan zerikib qolgan tomoshabinlar sari "posylka" qilib yuborishdi. Biroq tili osilib qolsa ham yugurishdan tinmaydigan afrikaliklarning qarshi hujumiga qarshi muhofazalanish va faol bosim uyushtirish zarar qilmaydi, menimcha.

Ushbu o'yinni O'zbekiston murabbiylar shtabi ham mendan bir necha chandon mukammalroq o'rganib chiqishgan deb o'ylayman. O'ylaymanki, ertaga onamizdan qolgan toshoynani qidirib qolmaymiz.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика