So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

29 avgust mashg'ulotlaridan FOTOMAQOLA Yangiliklar

29 avgust mashg'ulotlaridan FOTOMAQOLA

Teglar :  O'zbekiston MTJ
"JAR" stadionida bo'lib o'tgan uchinchi kun mashg'ulotlariga Server Jeparov ham qo'shildi.

Soat 18:20da boshlangan mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi odatdagidek OAV uchun ochiq bo'ldi. Bu safar "Sport TV" vakillari ham stadionga tashrif buyurib kerakli kadrlarni yig'dilar. Biz esa suratlarni.




Server Jeparov mashg'ulotlarda astoydil ishtirok etadigan futbolchilar sirasiga kiradi. Bo'sh vaqt bo'ldi deguncha o'z ustida ishlaydi. Mashg'ulot yakunida esa qolib jarima zarbalarini tepishni mashq qiladi.




Garchand, Jasur Hasanov "Lokomotiv" safida barcha o'yinlarda to'liq ishtirok etmayotgan bo'lsada, Yaman bilan o'yinda uni asosiy tarkibda ko'rsak ajablanmaymiz. Boisi u ayni paytda o'zining eng optimal formasida. Buni oliy liga o'yinlarida ham ko'rib turibmiz.




Bir kun avval Samvel Babayan, Sardor Rashidov va Aziz Haydarovni aeraportdan to'g'ri mashg'ulot maydoniga kelishlari kerakligini aytgan edi. 19:00ga yaqin "JAR" stadioniga etib kelgan bu ikki futbolchimiz bilan MTJ bosh murabbiyi mashg'ulot rejalari haqida ikki og'iz gapirib berdi va ularga ketishga ruxsat berdi.




1997 yilda tavallud topgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi Jasur Abduraimov ustozi Islom Ahmedov bilan mashg'ulotlarni kuzayapti. Bunday holatni yaqin orada ko'rmagan edik. 




Kechagi to'lishgan oy avvalgilaridan 10-14% ga kattaroq hajmda erliklarga ko'rindi. Bu haqda astronomlar bir necha kundan beri gapirishayotgan edilar. Oyni bunday kattalikda yana bir necha kun ko'rishingiz mumkin bo'ladi. 2015 yilda yana ikki marotaba shunday holat qayd etilishi kutilmoqda. Birinchisi 28 sentyabrda, ikkinchisi esa 27 oktyabr.




Buni bilgan bildi, bilmagan esa yo'q. Bugun esa barchangiz oyga ahamiyat bersangiz ajab emas. 28 sentyabrdagi oy er shariga yanada yaqinlashadi va uni yanada kattaroq shakilda ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Uni erga yaqinligi shu kuni 356 896 kmga yaqin bo'lishi kutilyapti.




Bayramga monand kiyinib olgan Madina Ametova himoyachimiz Anzur Ismoilovdan "Sport TV" uchun intervyu olyapti.



Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика