So’nggi yangiliklar

08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  2 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  19 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  5 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  7 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  1

25 may kuni LaLiga bo'lim boshliqlari O'zbekistonga tashrif buyurishadi Yangiliklar

25 may kuni LaLiga bo'lim boshliqlari O'zbekistonga tashrif buyurishadi

25 may kuni LaLiga bo'lim boshliqlari yurtimizga tashrif buyurishadi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

SHu yilning 5 aprel kuni PFL bosh direktori Omon G'ofurov Madridda LaLiga qarorgohida bo'lib, tashkilot bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Uchrashuv davomida La liga bosh direktori o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishga, mutaxassislarni O'zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o'rtoqlashishga tayyor ekanini malum qilgan va ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha memorandum imzolangandi.

Ana shu  memorandumga asosan, joriy yilning 25-26 may kunlari La Liga mutaxasislari O'zbekistonga tashrif buyurishadi. Jumladan, La Liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo'limi boshlig'i Xais Raxmani va o'z vaqtida Ispaniyaning “Elche” klubida darvozabon sifatida to'p surgan, hozirda La Liganing “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo'limi boshlig'i Raul Oxedalar O'zbekiston futbol Associaciyasi va Professional futbol ligasi vakillari va milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar xodimlari uchun 2 kunlik seminar o'tkazishadi.

Seminarda milliy chempionat o'yinlarini tashkil qilishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan jihatlar, marketing masalalari, homiylar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga jalb qilish kabi mavzularda fikr almashilinadi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика