"2+1" qayd etgan hujumchi, tur golini urgan yosh xavbek, jamoasini muqarrar gollardan qutqargan darvozabon - Superligada 13-turning eng yaxshilari
24 iyu 19:42
Yangiliklar
"2+1" qayd etgan hujumchi, tur golini urgan yosh xavbek, jamoasini muqarrar gollardan qutqargan darvozabon - Superligada 13-turning eng yaxshilari
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi darvozaboni – Shohruh Eshbo'taev ("Sho'rtan")
"Sho'rtan" bu tur G'uzorda "Surxon"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlar posboni Eshbo'taevning o'rni beqiyos. U uchrashuv mobaynida, ayniqsa, birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarda jamoasini gollardan asrab qoldi. Birga-bir vaziyat deysizmi, murakkab zarba deysizmi, hammasida qutqardi. Bahs davomida 8 ta seyv namoyish etganining o'zi barchasini anglatib turibdi. Shunday qilib, Shohruh Eshbo'taev Championat.asia talqinida 13-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")
"Bunyodkor" ushbu turda Samarqandda "Dinamo" maydonida mehmon bo'ldi. Jamoa stadion to'la muxlislar qarshisida mezbonlarni yirik hisobda taslim etdi (3:0). Ilyos Zeytullaev Vadim Abramovning "Dinamo"sini ipidan ignasigacha o'rganib chiqqani yaqqol sezildi. Uning shogirdlari dastlabki daqiqalardanoq uchrashuvda dominantlik qilib, mehmondan 3 ochko olib ketishga astoydil harakat qildi va shunga yarasha niyatiga etdi. Shu tariqa, safarda musobaqa yuqori pog'onalarida borayotgan "Dinamo"ni mag'lub etgan Ilyos Zeytullaev Championat.asia talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi futbolchisi – Temurxo'ja Abduxoliqov ("Bunyodkor")
"Bunyodkor" bu turda Samarqandda "Dinamo"ni taslim qildi (3:0). Uchrashuvda tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov har taraflama ajralib turdi va jamoasining barcha gollarida bevosita qatnashdi. U dublni rasmiylashtiribgina qolmay, uchinchi golga pas ham uzatdi. "Qaldirg'ochlar" sardori so'zsiz va hech bir so'rovnomasiz Championat.asia talqinida 13-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng chiroyli goli muallifi – Nosirjon Abdusalomov ("Bunyodkor")
"Bunyodkor" bu turda "Dinamo" maydonida zafar quchganidan xabaringiz bor. 47-daqiqada yosh yarim himoyachi Nosirjon Abdusalomov tomonidan kiritilgan to'p o'ziga xosligi bilan etiborni jalb qildi. Golda Abduxoliqov to'pni unga qulay tarzda yumalatib berdi, u esa chamasi 11 metrdan darvozaning o'ng tomonini nishonga oldi. Shunday qilib, 21 yoshli xavbek Abdusalomov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar