So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

2016 yildan buyon o'z uyida "Andijon"ni yuta olmayotgan "Navbahor" yoxud "lochinlar" va "burgutlar" to'qnashuviga prevyu Yangiliklar

2016 yildan buyon o'z uyida "Andijon"ni yuta olmayotgan "Navbahor" yoxud "lochinlar" va "burgutlar" to'qnashuviga prevyu

14 aprel, juma kuni Coca Cola Superliganing 6-turi doirasida Namanganda "Navbahor" va "Andijon" o'rtasidagi vodiy derbisi bo'lib o'tadi.

O'ZARO O'YINLAR TARIXI
Bu ikki klub O'zbekiston yuqori ligasida hozirgacha 52 marta to'qnash kelgan. Ustunlik "lochinlar" tomonida. 26ta o'yinda "Navbahor" g'olib bo'lgan, 11 marta "Andijon" zafar quchgan. Qolgan 15ta bahsda durang qayd etilgan.

"Navbahor" o'zaro o'yinlarda 75 marta gol urgan, "Andijon" hisobida esa 49ta gol bor.

Namanganda o'tgan 26ta uchrashuvning 18tasida "lochinlar" zafar quchishgan, 7ta bahsda g'olib aniqlanmagan. "Burgutlar" bu raqib maydonidan faqat bir marta (2021 yil) g'alaba bilan qaytgan.

Etiborlisi, "Navbahor" o'z maydonida "Andijon"ni so'nggi bor 2016 yilda mag'lub etgan ekan. SHundan keyingi uchta bahsda Namangan klubi g'olib bo'la olmagan - 2ta durang, 1ta mag'lubiyat.




OXIRGI TO'QNASHUVLAR
2021 yil "Andijon" - "Navbahor" 1:2
2021 yil "Navbahor" - "Andijon" 0:1
2020 yil "Andijon" - "Navbahor" 0:0
2020 yil "Navbahor" - "Andijon" 0:0
2019 yil "Andijon" - "Navbahor" 0:1
2019 yil "Navbahor" - "Andijon" 1:1


Namanganda o'tgan oxirgi o'yindan highlights





HAKAMLAR

O'zbekiston futbol hakamlari markazi bo'lajak uchrashuvga bosh hakam etib Akobirxo'ja SHukurullaevni tayinlagan. VAR hakami sifatida esa Ilgiz Tantashev ishlaydi.

SHukurullaev Superliga doirasida "Andijon" ishtirokidagi beshta o'yinda ishlagan va ularning hech birida "burgutlar" yuta olishmagan - 1 durang, 4ta mag'lubiyat.

Ushbu hakam "Navbahor"ning 10ta o'yinida ishlgan. "Lochinlar"ning bu uchrashuvlardagi natijalari quyidagicha: 5ta g'alaba, 2ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etgan.

"Navbahor" - "Andijon"
14 aprel 2023 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Doston Mirzaraimov.
VAR: Ilgiz Tantashev.
AVAR:
Andrey Capenko.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.




BU MAVSUMDAGI NATIJALAR
"Navbahor" bu mavsum o'z maydonidagi 3ta o'yinning barchasida raqiblarini bir xil 3:0 hisoblarida ("Qizilqum", "So'g'diyona", "Metallurg") mag'lub etishga erishdi. Biroq safardagi ikkala bahsda ham 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi ("Paxtakor" va OKMK).

O'z stadioni tayyor emasligi bois raqiblarini neytral maydonlarda qabul qilayotgan "Andijon" rasmiy mezbon bo'lgan ikkita uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi - "Bunyodkor" (0:3), "Neftchi" (0:2).

Xomyakov shogirdlari safarda uchta o'yin o'tkazishdi va 2ta g'alaba ("Nasaf" 1:0, "Olimpik" 1:0) va 1ta mag'lubiyat ("Surxon" 0:1) qayd etishdi.




MUALLIF TAXMINI
"Navbahor" bu yil o'z maydonida juda zo'r o'ynamoqda, "Andijon" esa safarda ikkita g'alabaga erishdi. Biroq baribir tarkiblarni solishtirib, bo'lajak o'yinda Samvel Babayan boshchiligidagi jamoaning g'alabasini taxmin qilaman.


Navbahor

Temurxo’ja Abduxoliqov - 65'

Superliga. 6-tur

14/04/2023, 18:00

0
:
1
Tugadi

Andijon

45'
90'
52'  Asadbek Sobirzhonov (Shohruz Norxonov)
65'  Temurxo’ja Abduxoliqov
72'  Temurxo’ja Abduxoliqov
75'  Igor Golban
46'  Sardor Abdunabiev (Sardor Azimov)
54'  Abduvohid G'ulomov
67'  Ilhom Abdug'aniyev (Levan Arveladze)
77'  Farhod Bekmurodov (Suhrob Berdiyev)
77'  Dilshod Komilov (Vladimir Bubanya)
80'  Levan Arveladze
83'  Farhod Sohibjonov (SHerzod Esanov)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика