So’nggi yangiliklar

19:50Роналду Португалиянинг ўртоқлик ўйинларини ўтказиб юборадиган бўлди  0 19:37Ислом Исмоилов: "Гол ўтказмаслик сериясини узоқ давом эттиришни мақсад қилгандик"  6 19:25Мирко Йеличич: "Ҳозирча даражамиз "Нефтчи" билан бир хил эмас ва буни тўғри тушуниш керак"  1 19:15Суперлига. "Нефтчи" – "Локомотив" 3:1   0 19:14"Андижон" "Машъал" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 19:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  30 18:40Суперлига. "Сурхон" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Насаф"дан устун келди  39 18:26Рафинья Неймарнинг Жаҳон чемпионатида Бразилия терма жамоасига қўшилиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 18:00Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди  68 16:25Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қозоғистон U-16'га мағлуб бўлди  1 15:36Шармандагарчилик давом этади: CAF Садио Манеден Африка Миллатлари Кубогининг энг яхши ўйинчиси совринини қайтаришни талаб қилди  10 14:41Руни тарихдаги энг ёмон Жаҳон чемпионатини айтди  13 14:14Иккинчи таймда порлаган Салоҳ  1 13:39ФИФА Жаҳон чемпионати бўйича қарор қабул қилди  15 13:08"Биз ҳеч кимдан қўрқмаймиз": Кейн "Бавария"нинг "Реал"га қарши ўйинлари ҳақида  29

2016 yil nima uchun "g'alati" boshlandi? FOTO Yangiliklar

2016 yil nima uchun "g'alati" boshlandi? FOTO

Yangi 2016 yil yil kirib kelganiga 4 kun bo'ldi.
Ortda qolgan 4 kun ichida Angliya va Ispaniya chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda bir qator g'alati hodisalar qayd etildi. Demak, nima uchun 2016 yil g'alati boshlandi?



"Barselona" va "Real" yilni g'alabasiz boshlashdi

Ispaniya primerosining 18-turida "Barselona" klubi Kataloniya derbisida "Espanol" mehmoni bo'lib 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Madridning "Real" klubi esa "Valensiya" mehmoni bo'ldi va 2 ochko yo'qotdi. Gari Nevill boshchiligidagi jamoa bilan bahs 2:2 hisobida yakuniga etdi.



Lionel Messi, Neymar va Krishtianu Ronaldu yilni golsiz boshlashdi

Jahonning eng kuchli futbolchilari Ispaniya chempionatining 18-turida o'z hisoblariga gol ura olishmadi. Masalan, "Las Palmas" himoyachisi Tana 2016 yilda mana shu uch futbolchidan ko'proq gol urdi. Ulardan biri 11 yanvar kuni SHveycariyada "Oltin to'p" sovrinini qabul qilib oladi.



"Lester" yarim himoyachisi Riyad Maxrez penaltidan gol ura olmadi

Angliya premer-ligasida bu mavsumning kashfiyoti bo'lgan "Lester" klubi bu turda "Bornmut" bilan uchrashuvda g'alaba qozona olmadi - 0:0. Uchrashuvda mezbonlar yarim himoyachisi Riyad Mahrez 11 metrli jarima to'pidan unumli foydalana olmadi. Bunga qadar 4ta penalti tepgan futbolchi ularning barchasini golga aylantirgandi.



Mesut Ozil golli pas bermadi

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil bu mavsumda deyarli har bir bahsda sheriklariga golli pas berayotgandi. Germaniyalik futbolchi bunga qadar 18ta uchrashuvda 16ta golli pas oshirgandi. "Nyukasl"ga qarshi o'tgan bahsda esa Loran Koselniga Olive Jiru pas oshirdi.



Ueyn Runi gol urdi va MYU g'alaba qozondi

Lui Van Gal boshchiligidagi "Manchester Yunayted" klubi APLda 6ta o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Yangi yildagi dastlabki uchrashuvda "qizil iblislar" "Suonsi"ni 2:1 hisobida taslim qilishdi. Bahsda MYU sardori Ueyn Runi gol urishga erishdi. Qizig'i hujumchi APLda so'nggi bor bundan 10ta o'yin oldin, 17 oktyabr kuni o'z hisobiga gol yozib qo'ygandi. Runi ushbu gol bilan (188ta gol) APL tarixida to'purarlar poygasida 2-o'ringa chiqib oldi.



"CHelsi" 3:0 hisobida zafar quchdi

Joze Mourino ketgach "CHelsi"ning ishlari yurishib ketgandek to'g'rimi? "Aristokratlar" kecha APLda bu mavsumda ilk bor raqibni yirik hisobda tor-mor etishdi. "CHelsi" kecha 16, "Kristal Pelas" musobaqa jadvalining 6-pog'onasida borayotgandi.



2016 yil g'alati boshlandimi?
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика