So’nggi yangiliklar

23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  9

1994 yilgi shov-shuvli final soxtalashtirilgandi. O'sha o'yinga Abduraimovning qanday aloqasi bor? Perumal va futbolchining o'zi javob berdi Yangiliklar

1994 yilgi shov-shuvli final soxtalashtirilgandi. O'sha o'yinga Abduraimovning qanday aloqasi bor? Perumal va futbolchining o'zi javob berdi

Yodingizda bo'lsa, sentyabr oyida kelishilgan o'yinlar qiroli Uilson Raj Perumal bilan katta intervyuni etiboringizga havola etgan edik.

Kelishilgan o'yinlar tizimi qanday ishlaydi? Undagi nayranglar. Maxaradze "Loko"da yolg'izmidi? Kelishilgan o'yinlar qiroli Raj Perumal bilan katta intervyu (to'liq)

O'sha intervyu so'ngida suhbatda tilga olingan yana ikki voqelik borligi, ularning har ikkisi o'zbek futboliga aloqador ekanligini yozgan va ular alohida berilishini malum qilgan edik. Mana o'sha voqelikning birinchisini ochiqlash vaqti keldi.

1994 yilgi Malayziya kubogi finalida "Singapur" hamda "Paxang" jamoalari to'qnash kelgan. O'sha paytlar Malayziya chempionati va kubogida mamlakatning 14 provinciyasi klublariga qo'shilib "Singapur" va "Bruney" (bular Singapur va Bruney mamlakati klublari) jamoalari ham ishtirok etishgan.

1994 yilgi finalda "Singapur" 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuv yangi  qurilgan "SHax Alam" stadionida 80 mingdan ortiq muxlis ko'z o'ngida o'tkazilgan. O'yindan bir kun oldin gazetalardan birida final qanday natija bilan tugashi haqida malumot chiqqan, ha gazeta 4:0 hisobini bellashuvdan oldinoq yozib chiqqandi. Tasavvur qilyapsizmi, 80 mingdan ko'proq muxlis futbol ko'raman deb o'zi bilmagan holda "teatr" guvohi bo'lgan.

Uchrashuvdan keyin policiya katta surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Buning natijasida ko'plab malayziyalik va singapurlik futbolchilar panjara ortiga jo'natilgan. O'yinni soxtalashtirgan asosiy shaxs Pal (uning ismi manbalarda aynan Pal deb keltirilgan, lekin bu uning haqiqiy ismimi yoki yo'q nomalum) esa suvdan quruq chiqib ketgan.

O'sha yillari "Paxang" tarkibida avstraliyalik markaziy himoyachi Alan Devidson o'ynagan va chempionatning eng yaxshilaridan biri bo'lgan. Va u bilan kelishish qiyin bo'lgan. SHu sabab "Paxang"ning yarim finaldagi uchrashuvida A.Davidsonga qizil kartochka ko'rsatilgan. Hakamlar "o'qlangan" edi. Finalda esa "Paxang" darvozasi oldida "ochiq eshiklar kuni" bo'lgan.

Alan Devidson.


Bu finalni o'zbek futboliga nima aloqasi bor degan savol paydo bo'ldimi? Finalda "Paxang" tarkibida o'zbekistonlik hujumchi Azamat Abduraimov ham to'p tepgan. Xo'sh, Abduraimov ham finalda "sotilganlar" orasida bo'lganmi yoki yo'q? Bu savolga javob topish maqsadida biz avval Uilson Raj Perumal bilan "Zoom" orqali suhbat uyushtirdik. Keyin esa Azamat Abduraimovni "Championat.asia" ofisiga intervyu uchun taklif etdik. Quyida ana shu intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Sen bilan Debrecenda uchrashganimizda Malayziya kubogi haqida gapirganding. Yarim final va final o'yinlari. "Paxang" va "Sipgapur" klubi haqida. O'shanda o'zbekistonlik Azamat Abduraimov ham o'ynagandi. Bundan tashqari, 1996 yilda yana bir o'zbekistonlik o'yinchi Aleksandr Kojuxov Malayziyada vafot etgan. Aynan shu vaziyatlar haqida bilmoqchi edik.

Bir boshidan boshlaylik. Malayziya kubogidan. Malayziya kubogidagi soxtalashtirilgan yarim final uchrashuvi haqida gapirib bersangiz.

- Dastavval, bir narsani aniq aytib qo'ymoqchi edim. Men u davrlarda katta o'yinchi emas edim. Faqat pul tikib yurardim. Ammo, menda o'sha paytda nimalar bo'lgani haqida juda ishonchli malumotlar bor edi. Yarim final o'yiniga tayinlangan hakam haqida aytmoqchiman. O'shanda "Paxang" g'alaba qozongan, ikkinchi klubning nomi yodimda yo'q. Alan Devidson finalda o'ynamasligi uchun yarim finalda unga qizil kartochka ko'rsatilgandi. Sababi A.Devidson bilan kelishib bo'lmasdi. U Avstraliya fuqarosi edi va unga pora berishning deyarli iloji yo'q edi. O'yinlarni soxtalashtirayotgan odam echim sifatida uni chetlatishni rejalashtirgandi.

- Yani, u bilan kelishishning iloji yo'q. SHu sababli rejaga halal bermasligi uchun uni o'yindan chiqarilgan?

- Ha, u juda kuchli o'yinchi edi. Devidsonning bir o'zi o'yin natijasiga tasir o'tkazib, rejalaringizni buzib qo'yishi mumkin edi. SHu sabab ham unga qizil kartochka ko'rsatilgandi.

Finalda esa deyarli barchamiz "Paxang" kelishib qo'yganini bilardik. O'yindan keyin esa men matbuotdan "Paxang"ning ikki xorijlik o'yinchisi g'oyib bo'lgani haqida o'qidim va ular orasida Azamat Abduraimov ham bor edi. Men u bilan umuman aloqada bo'lmaganman va tanimasdim ham, shunchaki matbuotda shu xabar chiqqandi. Men Abduraimov kelishilgan o'yinga aralashganmi yo'qmi bilmayman, ammo u finaldan so'ng g'oyib bo'lib qolgandi. "Paxang" 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan va o'yinchilar yo'qolib qolgandi. Bu esa tabiiy ravishda shubha paydo qiladi, ammo hech kimda aniq dalil bo'lmagan.

- O'sha kubok finalida "Paxang" favorit edimi?

- Yo'q, "Singapur" klubi favorit edi, ammo juda kichkina farq bilan. Bukmeykerlar -0.5 to'p farqi bilan g'alabani taxmin qilayotgandi. Finaldan so'ng ushbu o'yin policiya tomonidan o'rganilgan va "Singapur" jamoasidan bir o'yinchi gol urilishiga pul tikkani aniqlangan. Albatta, o'sha futbolchi boshqa narsaga pul tikmagan bo'lsa ham aybdor deb topilgan. FIFA ham o'sha o'yinchini katta futboldan chetlatgan va yaqindagina bu taqiq olib tashlandi.

- SHunda Abduraimov va o'sha yo'qolib qolgan ikkinchi o'yinchiga nisbatan ish ochilmagan?

- Yo'q, bilasizmi Malayziyada qonun Singapurdagi kabi emas.

- Nega bunday savol berdim? Sababi, Abduraimovga aynan shu o'yindan keyin bir necha yil Malayziyaga kirishga taqiq qo'yilgani haqida malumotimiz bor. Buni aniq sababini bilmaymiz.

- Balki, tekshiruvlar bo'lgandir, ammo menda bu haqida malumot yo'q.

- SHunday qilib, hech qachon Abduraimov bilan ishlamagansiz?

- Yo'q, men futbol muxlisi bo'lganim uchun uning faqatgina ismini bilardim. Odatda men o'yinlar kelishilganligini koefficent o'zgarishi orqali bilaman.


Malayziya kubogi-1994 final uchrashuvida kiritilgan gollar.



- Aynan o'sha davrda yana bir o'zbekistonlik o'yinchi Malayziyada o'ynardi. Uning ismi Mustafo Bilyalov edi. U haqida eshitganmisiz? U bir necha oy qamoqda bo'lgan.

- Aynan qaysi yili?

- 1993-1994 yillarda.

- Men hech qachon o'zbek o'yinchilari kelishilgan o'yinlar sabab qamoqqa tashlanganini bilmayman.

- Aleksandr Kojuxovga qaytsak, u haqida eshitganmisiz? "Melaka" va "Trenganu" klublarida o'ynagan. Rasman Aleksandr Kojuxov o'z joniga qasd qilgani aytilgan. Aslida nima bo'lgani aniq emas, balki bu kelishilgan o'yinlarga aloqadordir...

- Avval ham aytgandim, kelishilgan o'yinlar bilan shug'ullanuvchilar agressiv bo'lishmaydi. Ular hech qachon birovning joniga qasd qilishmaydi. Bu erda boshqa muammo bo'lgan bo'lishi mumkin. Kelishilgan o'yinlarda ko'pi bilan yana bir marta o'yinlarni soxtalashtirib, yo'qotilgan pullarni qaytarish so'raladi. Bizni sohada odam o'ldirilmaydi.

- Kitobingizda Pal ismli shaxs haqida yozgansiz? Aynan o'sha yillarda Pal Malayziyada kelishilgan o'yinlardagi katta shaxs bo'lganmi?

- Ha, aynan u Malayziya kubogi ustidan to'liq nazorat o'rnatgandi. Malayziya kubogi o'yinlariga u millionlab pul tikardi.

- O'sha Pal Abduraimov bilan ham ishlaganmi? SHu haqida biror malumotingiz bormi?

- Yo'q, u juda sirli odam edi. Odamlarga kim bilan kelishganini aytmasdi. Umuman kelishilgan o'yinlar juda sirli soha. Siz o'yinda qanday natija qayd etilishini, kim bilan kelishganingizni birovga hech qachon aytmaysiz. Axir siz bu ishni davom ettirishingiz kerak. Faqatgina eng yaqin insonlaringizgina nimanidir bilishi mumkin. Men esa Palga unchalik ham yaqin emasdim. Lekin, men unga yaqin manbalardan bir necha ishonchli malumotlarni olib turardim.


- "Paxang" kubok finalini boy berganda siz ham pul ishlab olganmisiz?

- Ha, o'shanda juda ko'pchilik o'yin "Singapur" klubi foydasiga bo'lishini bilgandi. Menga o'z manbalarim bu haqida xabar berishgan. O'shanda "fora" "Singapur" foydasiga -0.5 edi. Keyin esa -1 ga o'zgardi. Bu kimdir Singapur foydasiga pul tikayotganini anglatadi. Biz esa shunga qarab ko'p narsani bilib olamiz.

- Malayziya kubogi o'yinlari soxtalashtirilgani haqida gaplashdik. Biroq, chempionatchi? CHempionatda ham shunday o'yinlar bo'lganmi?

- Ha, o'sha payt hamma o'yinlar kelishilgandi. Har bir jamoada malum o'yinchilar bo'lardi. Bazi klublarda esa deyarli barcha kelishilgan o'yinlarda ishtirok etardi.

Bu Perumal bilan "Zoom" orqali uyushtirgan suhbatimiz edi. Endi Azamat Abduraimov bilan intervyuni ham taqdim etamiz.


- Azamat aka, dastlab Malayziyaga qay tarzda va nima sabab borganingiz haqida gapirib bersangiz.

- Yigitlarimiz Malayziyada bo'lishlari uchun harakat qildik. Bir necha oy davomida bir qancha o'rtoqlik o'yinlarida qatnashishdi. Va bu o'yinlar orqali Malayziya klublari vakillari yigitlarimizni saralab olishdi. CHamasi 2 oy qiyinchilikka uchrashdi. Umuman olganda, 5-6 nafar futbolchimiz malayziyaliklarga maqul keldi. Vyacheslav Soloxo qo'ng'iroq qilganda biznikilarda hammasi yaxshi ekanligini sezdim. SHaroit yaxshi edi, mo'maygina pul to'lashardi. O'zbekistonda ular ko'pi bilan 100 dollar maosh olishardi. U erda esa 2000-3000 dollar to'lanardi.

1992 yilda iqtisodiy taraflama qiyin davr bo'lib, hayot kechirish qiyin edi. Men 1993 yili yangi tashkil etilgan MXSKda o'ynay boshladim. CHetda o'ynash niyatim bor edi. Ilgari hozirgidek agentlar mavjud emasdi. SHomurodov kabi xorijga ketish mushkul edi. SHunday qilib, Malayziyaning "Paxang" klubiga yo'l olib, tibbiy ko'rikdan o'tdim va shartnomaga imzo chekdim. "Paxang" "qirollik klubi" sanalardi. O'shanda Paxang provinciyasi rahbari Sulton Ahmad SHoh edi, u OFK prezidenti ham edi. Uning o'g'li Abdulla II esa "Paxang" prezidenti, Malayziya futbol federaciyasi rahbari edi. Bu oila butun Malayziya futbolini nazorat qilardi. Uning shaxsan o'zi ko'rikka kelib, o'yinlarimni tomosha qilgandi. Birinchi o'yinda 4 ta, keyingi bahsda 1 ta gol urganman. Keyin o'zaro shartnoma tuzganmiz. Menga taqdim etilgan sharoitlardan ko'nglim to'lgandi. Menga mashina, dengiz yaqinidan uy va 4 ming dollar maosh berishgandi. O'zbekistonlik legionerlar orasidagi eng ko'p maoshni men olardim. 

Menga u erda futbol o'ynash yoqib qoldi. Texnikaga etibor qaratilardi. Yarim yildan keyin shubhali o'yinlar bo'yicha gap-so'zlar urchiy boshladi. Buni Mustafo Bilolov va boshqa o'zbekistonlik futbolchilar bilan muhokama qildik. Keyin muxlislardan ham shubhali o'yinlar bo'yicha etirozlar kelib tusha boshladi. Biz buni tushunmasdik, chunki O'zbekistonda totalizator nima ekanligini bilmasdik. Totalizator kontoralari bor edi, odamlar u erga borib pul tikishardi.

Muxlislar, do'stlarim oldimga kelib, "mana bu o'yin shubhali tarzda boy berildi va shov-shuvlarga sabab bo'ldi" deb gapirishardi. Tushundimki, shunaqa holatlar uchrab turarkan. Jamoamiz 1993 yilda Malayziya chempioni bo'lgan. U erda musobaqa shunday uyushtiriladi-ki, chempionat asosiy turnir emas, asosiy turnir – bu Malayziya Kubogi. Misol uchun, chempionat mart oyida boshlanib, avgustda tugaydi. CHempionatning eng yaxshi 10 ta jamoasi kurashni Malayziya Kubogida davom ettiradi. 4 yoki 6 ta jamoa birinchi divizionga tushib ketmaslik uchun kurash olib boradi. 10 ta eng yaxshi jamoa 5 tadan ikki guruhga bo'linadi. Guruhdan 2 ta eng yaxshi o'rin egalari yarim finalga chiqishadi, keyin esa final. Xullas, Malayziya Kubogi eng nufuzli musobaqa edi. Hozir ham shunday.


O'yinlarni tahlil qila boshlaganimda kuchli jamoa kuchsiz jamoaga engilishi guvohiga aylandim. Futbolga yaqin insonlar Malayziyaga legioner bo'lib kelganiga 1 yil bo'lganlarni kelishilgan o'yinlarga jalb qilishmas ekan. Odatda ikkinchi yildan boshlab legionerlarni o'zaro suhbatdan keyin kelishilgan o'yinlarga qo'shishadi. Bizning jamoamiz o'shanda Malayziya Kubogi finaliga chiqqandi. Biz guruhda "Singapur" jamoasiga qarshi to'qnash kelganmiz. O'sha vaqtda "Singapur" va "Bruney" jamoalari ham chempionatda qatnashishardi. 5 ta jamoa joylashgan guruhda biz va "Singapur" jamoasi bor edi. "Singapur" klubi bilan chempionatda 4 bor ro'baro' kelganmiz — 2 ta o'yin chempionatda, 2 ta o'yin Kubokda. 2 ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etganmiz. Raqib juda kuchli edi. Bir juda taniqli futbolchisi bo'lardi. Xuddi bizda Mirjalol Qosimov kabi. Bu – Fandi Ahmad. Uni yaxshi taniyman, ko'p ko'rishganmiz. U hujumchi ortida harakat qilardi. U Singapur futboli afsonasi. Adashmasam, hozir Singapur yoshlar termasi murabbiyi. Afsonaviy futbolchi edi. Ularda texnikasi yuqori futbolchilar o'ynashardi. Jumladan, Maykl Vanna, finalda xet-trik qilgan avstraliyalik Abbos Saad, yana boshqa 3 nafar legioneri bor edi. Final oldidan rahbariyat, klub prezidenti barcha futbolchilarga oilamiz bilan 2 kun oldin Kuala-Lumpurga kelishimizni so'radi. 1994 yil Kuala-Lumpur tashqarisida joylashgan "SHoh Alam" stadioni ochilish marosimi bo'lishi ko'zda tutilgandi. Bu "SHoh Alam"da tashkil etilgan birinchi katta bahs – Malayziya Kubogi finali edi. Bu erga kelib "Hilton"da zo'r sharoitda turdik. 2 kun oldin kelsak, "Paxang" muxlisi bo'lgan bir tanishim oldimga keldi. U bilan gaplashib tursak, bukmekerlar "Singapur" jamoasiga pul tikayotgani va ular yirik hisobda g'alaba qozonishlarini aytdi. Men bo'lishi mumkin emas, dedim. Bunaqasi bo'lishi mumkin emasdi, chunki jamoalar bir darajada edi. Ular yutishi mumkin, biroq bunchalik yirik hisobda emas. Jamoamizda 3 nafar legioner mavjud edi — men, avstraliyalik Alan Devidson, tailandlik Attafol Buspakom. Jamoamizda Malayziya terma jamoasining ko'plab futbolchilari yig'ilishgandi. Buspakom Tailand terma jamoasi sardori edi. U OCHL doirasida o'yin o'tkazish uchun murabbiy sifatida yurtimizga kelgandi, o'shanda ko'rishgandik. U 2015 yilda vafot etganini aytishdi. 

Biz uchun eng yomoni, "Perak" bilan yarim final o'yinida Alan Devidsonga qizil kartochka ko'rsatilgandi. U "Paxang"da eng yaxshi futbolchilardan biri edi, markaziy himoya chizig'ini ishonchli himoya qilardi, Avstraliya olimpiya terma jamoasi sardori edi. SHuningdek, Angliya klublarida o'ynagan. U shahzoda, Malayziya fubol federaciyasi raisi va klubimiz prezidenti Abdulla II bilan do'st bo'lib qolgandi va to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatgandi.

Biz bir o'yinda g'alaba qozondik, ikkinchi o'yinda durang namoyish etdik va keyingi bosqichga yo'l oldik. U esa qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Menimcha, hakamni sotib olishgan, chunki vaziyat chetlatishga arzimasdi.



- Eshitdik-ki, o'sha yarim final o'yiningiz kelishilgan bo'lgan. Ular futbolchilarni yoki jamoani emas, hakamni sotib olishgani haqida malumotlar bor. Perumal ham hakam u finalda o'ynamasligi uchun "Paxang"ning eng yaxshi himoyachisini maydondan chetlatganini eslab o'tdi...

- Ha, shunday. Buni yaxshi eslayman. Vaziyat qizilga tortmasdi. Biz asosiy markaziy himoyachisiz qolgandik.

Final bahsidan oldin oldimga kelib, biz yutqazishimizni aytishganida hayratlangandim. 28 yildan beri futboldaman. Hozir o'ynamasdan turib ham, o'yin sotiladimi yoki yo'qligini aytib bera olaman. O'shanda esa g'alati holatda edim. 

Himoyachilarimiz shunchaki himoyani ochib qo'yishdi. 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchragandik. Abbos Saad darvozamizga 3 ta to'p kiritgandi.

O'yinda bir holat bo'lgan. Bu matbuotda ham muhokama qilingan. Meni jarima maydoni yaqinida yiqitishdi. Odatda men jarima zarbalarini ijro qilmayman. O'shanda esa shuncha gol o'tkazib yuborayotganimiz va menga hech kim pas bermayotganidan g'azablanib, to'pni qo'lga oldim. O'shanda hatto jamoadoshim Zaynal Obidin Hassan bilan tortishib qoldim. U menga tepishga ruxsat bermagandi. Boshqa kimdir jarima zarbasini tepdi, to'p ancha noaniq ko'rinish oldi. O'shanda to'liq tushundim-ki, o'yin sotilgan va bunga jamoamizning har bir azosi aralashgan ekan. Deyarli to'liq tarkib. 4 ta gol o'tkazib yubordik va gol urmasligimiz ko'zda tutilgan ekan.

Malayziya ham ishtirok etishi inobatga olinib, Osiyo Kubogi qoldirilgandi. CHunki Malayziya chempionati uzoq davom etgandi. Osiyo Kubogi finali 24 yoki 25 dekabrga to'g'ri kelgandi. Tasavvur qilyapsizmi?!

O'sha o'yindan keyin 2 yillik shartnomam bo'lishiga qaramasdan, aynan o'sha sabab tufayli jamoada qolmasligimni  aytdim. O'yin shunchaki pullab yuborilgandi. Aslida bizda yaxshigina bonuslar bor edi. Rahbariyat nufuzli musobaqada g'olib chiqishimizni xohlagandi.

Yana bir holat esimga tushdi. O'sha o'yingacha yana bir o'yin sotilgan bo'lgan ekan. Bu o'yinda qatnashgandim, jamoamiz uchrashuvni sotgan ekan. CHempionatni 5-o'rinda tugatgandik. Sovrindor bo'lishimiz mumkin edi. Lekin, qaerdadir mag'lub bo'ldik. Bizda asosiy urg'u Malayziya Kubogiga qaratilgandi. Bungacha kuzda Malayziyada tekshiruv ishlari boshlandi. Jumladan, "Perak" klubi va boshqa jamoalarda. Aniq esimda yo'q. "Perak"dagi ikki o'zbekistonlik – Mustafo Bilolov va SHuhrat Xolmirzaev qamalishgandi.

- Mustafo Bilolov va SHuhrat Xolmirzaev haqida so'ramoqchi edim. O'shanda aynan nima bo'lgandi?

- Biz boshqa-boshqa shaharda edik. Ular Ipohda, biz esa Kuala-Lumpurda. Faqat matbuot orqali jarayonni o'qib borganmiz. SHundan keyin Mustafo bilan ko'rishmadik. Ammo bilganim, "Perak"ning ko'plab o'yinchilari qamoqqa olinishgan. Jumladan, hamyurtlarimiz ham. Biroq keyin vakillarimizni qo'yib yuborishgan va ularni ozod etishgan hamda etiroz yo'qligini bildirib, uzr so'rashgan. Mahalliy futbolchilarni tekshirish ishlari esa davom etgan. Ulardan ayrimlari diskvalifikaciyaga uchragan va jarimaga tortilgan. Qolgan klublarda ham totalizatorga qarshi kurash ishlari davom ettirilgan.

Keyinroq matbuotda o'qiganlarim bo'yicha fikr bildiradigan bo'lsam, "Singapur" jamoasi g'alaba qozongan Malayziya Kubogi finalidan keyin Maykl Vanna, Abbos Saad totalizatorda ishtirok etgani fosh qilingan. Voqea detektiv romanga aylanib ketgan. Kimdir Maykl Vannani ozod qilish uchun yarim million dollar garov puli to'lagan. Garov evaziga ozod qilingach, u Evropaga qaytib ketgan. Bukmekerlar aynan shu o'yin bilan bog'liq boshqa tafsilotlar to'liq ochilib ketmasligi uchun  futbolchilarni ozod qilishga bor imkoniyatlarini ishga solishgan.

Bu o'sha finalda xet-trik qayd etgan Abbas Saad. 2014 yil Malayziyalik teleboshlovchi u bilan stadionda tushgan mana shu suratini o'zining "facebook" sahifasiga joylagan.


- Siz aynan shu finaldan keyin Malayziyadan uchib ketgan ekansiz. Nega aynan shu bahsdan keyin aeroportga yo'l olgansiz?

- Uchrashuvga kelgan OFK prezidenti Ahmad SHoh zo'r yo'l tutgan. 23 yoki 24 dekabr kuni o'yin bo'lgandi. Ertasi kuni Ahmad SHoh barcha futbolchilarni Kuala-Lumpurdagi o'z rezidenciyasida qabul qilgan. U juda katta odam edi. Xuddi prezident Karimov kabi. Qo'riqchilar ko'p bo'lardi. U malay tilida gapirardi, tushunmaganlarga tarjima qilib turishardi. U jamoaga rahmat aytib, bu futbol ekanligi, Xudo xohlasa, keyingi yil g'oliblik qo'lga kiritilishini aytgandi. U banketda har bir futbolchini pul bilan mukofotlagan. Men oldiga borganimda, xafa bo'lmasligimni, yana boshqa g'alabalar bo'lishini aytgandi. Konvertda 2 ming dollar pul bor edi. Men ajablandim, chunki jamoa yutqazgandi, futbolchilar esa mukofot pullarini olishdi. O'sha paytda tekshiruvlar bo'lishini bilmagandik. Axir, jamoamiz o'yinni sotgandi.

Keyin matbuotda Maykl Vanna qo'lga olingani haqida xabarlar paydo bo'la boshladi. Maykl Vanna baland bo'yli yarim himoyachi edi, Abbos Saad esa abjir hujumchi edi, asosan, qaytgan to'pni darvozaga kiritardi. Biznikilar shunchaki darvozani ochib berishgandi. Keyinchalik u 500 ming dollar to'lab, ozodlikka chiqqanini eshitdik. 

Ahmad SHoh bizga pul bergach, keyingi kun rafiqam bilan to'g'ri Kuantanga yo'l oldik, chunki narsalarimiz o'sha erda edi. Biz yangi yil oldidan – 29 yoki 30 dekabr kuni u erdan ketdik. Darhol jo'namaganmiz. Kuala-Lumpur boshqa shahar, yashagan joyimiz boshqa. 4 soatlik yo'l edi. Masalan, xuddi Toshkentdan Andijonga mashinada borishdek. Bu salbiy holat men bilan qolgan. Ular menga qo'ng'iroq qilishganida shartnomani tugatishni so'raganman.

- Bizdagi malumotlarga qaraganda, o'sha voqeadan keyin siz malum muddat Malayziyaga bora olmagan ekansiz…

- Qaerdan eshitdingiz (kuladi)? Bu mish-mish xolos. Ko'rishingiz mumkin, 1994 yil dekabrda Malayziya Kubogi finali bo'lib o'tgan. 1995 yilning yozida esa Merdeka Kubogi o'tkazilgan. O'shanda "Do'stlik" safida o'ynardim. Men Aleksandr Ivankov murabbiyligi ostidagi O'zbekiston termasi safida Merdeka Kubogida ishtirok etganman. Malayziyada men bilan bog'liq hech qanday muammo kuzatilmagan. Agar men kelishilgan o'yinda ishtirok etganimda qandaydir muammo yuz berishi mumkin edi. 

O'ylaymanki, Ahmad SHoh tufayli "Paxang"ning hech bir futbolchisi jazolanmagan. Turli jamoalar futbolchilari jazoga tortilishgan, "Paxang"dan esa yo'q. 1995 yil yozda turli jamoalardan taklif tushgan, lekin 2 yillik shartnomam mavjud edi, shuning uchun ular menga ruxsat berishmagan, pulni qaytarish lozimligini uqtirishgan. Keyin 1995 yilgi turnir paytida bir kuni "Paxang"ga borib, 10 ming dollarni berib keldim va menga javob berishdi. SHundan so'ng Saudiya Arabistoniga yo'l oldim. Kelishilgan o'yinlar bo'yicha savollar bo'lmagan.

- U erda o'ynagan davringizda Pal degan odam haqida eshitganmisiz? Perumalning aytishicha, u Malayziya Kubogida ko'plab kelishilgan o'yinlarni tashkil qilgan va hamma klublarga rahbarlik qilib, o'yinlar taqdirini hal etgan…

- Bo'lishi mumkin. Bukmekerlar orasida bir nechta guruh borligini eshitganman. Totalizator bor, uni kimdir boshqaradi-ku axir. SHunchaki, men bilan bu bo'yicha hech kim muloqot qilmagan. Do'stlarimning aytishicha, dastlabki yilda chet ellik bilan hech kim ishga kirishmaydi. Keyingi yillarda esa ularni qo'shishadi. O'ylaymanki, balki shu tufayli ham men bilan hech kim aloqa qilmagandir. Eshitishimcha, kelishilgan o'yinlar bilan shug'ullanuvchi bir nechta guruh bo'lgan. Siz esa aynan bir kishi hammasini boshqargan, deyapsiz. Bir nechta bukmekerlar bor. Qaysi biri bu jamoa bilan, qaysi biri boshqasi bilan ishlaydi. Bazida ular bir-biri bilan to'qnash kelib qolishadi. SHunaqasi ham uchrab turadi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика