

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2021 yildan yangicha formatda o'tkaziladi va unga ko'ra klublar o'rtasidagi JCH 4 yilda bir marta o'tkaziladi.
Klublar soni esa 24tani tashkil etadi. Hozirga kelib to'liq kimlar ishtirok etishi ma'lum emas.
Ammo, YCHL va ELning so'nggi 4 g'olibi ishtirok etishi ma'lum. Bundan ko'rinib turibdiki, musobaqada "Real", "Liverpul", "Atletiko" va "Chelsi" klublarining ishtirok etishi aniq.
Eslatib o'tamiz, yaqin ikki yil ichida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining formati eski tizim bo'yicha davom etadi.



